Ispaniyalik alpinist Kilian Jornet bir hafta içida ikki marta Everest çöqqisiga kötarildi, deb xabar bermoqda sportçining jamoasiga iqtibos keltirgan holda News New Zealand naşri. Jornet dunyoning eng baland çöqqisini ikki marotaba zabt eta olganidan xursand ekanligini aytgan.

29 yoşli alpinist Everestga 22 may kuni kötarilgandi. Ikkinçi urinişda u çöqqiga Tibet tomondan kötarildi. Nomdor sportçi çöqqiga 27 may kuni 6500 metr balandlikdagi lagerdan kötarilişni boşlagan. Kuçli şamol va tez harakatlanişning imkoni yöqligiga qaramasdan, Jornet özini yaxşi his qilgan.

E'tiborlisi, alpinist çöqqiga ikki marta ham kislorod niqobisiz çiqa olgan.

Ta'kidlaş joizki, bunday balandlikda havo juda siyrak bölgani sababli undagi kislorod miqdori ham kam böladi. Everestga kislorod niqobisiz kötariliş amri maholdir. Köpçilik alpinistlar aynan kislorod yetişmasligidan ham halok böladilar.

Ma'lumot uçun, Kilian Jornet toğlarga yugurib çiqiş böyiça mahoratli sportçi hisoblanadi. U bu sport turi böyiça köplab rekordlarni qölga kiritgan.