Xitoyning stol tennisi böyiça ayollar terma jamoasi boş murabbiyi Kong Linghui sudlaşayotgani uçun vaqtinça lavozimidan çetlaştirildi. Bu haqda Sinxua agentligi Xitoy stol tennisi assotsiatsiyasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. Sud işiga ikki karra Olimpiya çempionining qarzdorligi sabab bölgan. 

Agentlikka köra, 2015 yili Kong Linghui oilasi va döstlari bilan yaşagan Singapur mehmonxonasidan 721 ming dollarga yaqin qarz olgan, ammo hammasini qaytara olmagan. Aynan şu sabab mehmonxona sportçi ustidan Hongkong sudiga ariza bergan. Murabbiyning özi Weibo ijtimoiy tarmoğida pul olganini tan olar ekan, özi şaxsan öyinda iştirok etmaganini ta'kidlagan. 

XXR sport böyiça boş boşqarmasi hodisa sabab bölgan «salbiy ta'sir» uçun uzr sörab, tergov ötkazişga va'da berdi. 

«Sport böyiça boş boşqarma sport axloqi, intizomi va qonunlarini buzadigan har qanday holatni qabul qila olmaydi», — degan boşqarma matbuot kotibi.

Xitoy stol tennisi assotsiatsiyasi Kong Linghui ping-pong böyiça jahon çempionati bölib ötayotgan Dyusseldorf şahridan qaytişi kerakligini ma'lum qilgan.