AQŞ harbiylari seşanba kuni qit'alararo ballistik raketalarni tutişga möljallab yaratilgan raketani muvaffaqiyatli sinovdan ötkazişdi. Bu haqda AQŞ raketalarga qarşi mudofaa agentligi xabar bergan.

Mahkama xabariga köra, şuningdek, parvozning marş qismida yerdagi raketalarga qarşi mudofaa tizimi ham sinovdan ötkazildi. U Kaliforniyada joylaştirilgan bölib, Tinç okeanining Marşall orollari yaqinidan uçirilgan bir neça raketani aniq nişonga olgan. Aniqlik kiritilişiça, nişon “töğridan-töğri töqnaşuv” natijasida yöq qilindi.

"Dastlabki ma'lumotlarga köra, sinov birlamçi maqsadiga erişgan, dastur bilan şuğullanuvçi rasmiy şaxslar tizimni telemetriya va sinov jarayonida olingan boşqa ma'lumotlar asosida baholab borişadi", - deya ta'kidlanadi xabarda.

Sinov KXDR tomonidan avvalroq raketa sinovlari seriyasi ötkazilgani fonida röy berdi. AQŞ bunga javoban mintaqadagi öz pozitsiyasini kuçaytirib, Janubiy Koreyada raketalarga qarşi mudofaa tizimini joylaştirmoqda, şuningdek, mamlakatning asosiy qismi himoyasini mustahkamlamoqda.

Oçiq manbalar ma'lumotiga köra, AQŞning GMD raketalarga qarşi mudofaa kompleksi 2005 yilda işga tuşirilgan. U qit'alararo ballistik raketalar va ularning jangovar qismlarini Yer atmosferasidan taşqaridagi fazoviy makonda tutişga möljallangan.