Oq uyning kommunikatsiyalar böyiça direktori Maykl Dubke iste'foga ketdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, 47 yoşli Dubke 18 may kuni iste'foga ketişga ariza bergan, biroq AQŞ prezidenti Donald Trampning birinçi xorijiy safari yakunlanişigaça öz vazifalarini bajarib turişga qaror qilgan.
Oq uy ma'muriyatining kommunikatsiyalar böyiça direktori AQŞ ma'muriyatining axborot-taşviqot siyosatini nazorat qiladi. 2015 yil aprelidan 2017 yil 20 yanvargaça bu lavozimni Jyen Psaki egallagan. Tramp inauguratsiyasidan keyin bu lavozimni Şon Spayser egallagan. Spayser bu lavozimni AQŞ prezidenti matbuot kotibi lavozimi bilan birga bajarib kelgan. Vaholanki odatda bu lavozimlarni turli odamlar egallaydi.
Crossroads Media kompaniyasiga asos solgan Dubke uşbu lavozimga 6 mart kuni Tramp tomondan tayinlangandi.












