30 may kuni Özbekiston Kubogining nimçorak finalida javob uçraşuvlari ötkazildi va keyingi bosqiçga yöllanma olgan uç klub nomi ma'lum böldi.
Bir hafta muqaddam öz maydonida «Nasaf»ga 0:3 hisobida yengilgan «Paxtakor» Qaşqadaryoga safar qildi. Javob öyinida ham toşkentliklar minimal hisobda (0:1) mağlub böldi va turnirni tark etdi.
Uluğbek Baqoyev boşçilik qilayotgan «Buxoro» futbolçilari Jizzaxda «Söğdiyona» darvozasiga javobsiz 3ta gol urişga muvaffaq böldi. Jamoalarning Buxoroda keçgan birinçi öyinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Bekobodning «Metallurg» klubi esa «Qöqon—1912» tösiğidan öta olmadi. Birinçi öyinda safarda qöqonliklarga 0:2 hisobida mağlub bölgan jamoa, javob öyinida 3:2 hisobidagi ğalabaga erişdi, ammo bu çorak final yöllanmasi uçun yetarli bölmadi.
1/8 finalning qolgan beş uçraşuvi bugun, 31 may kuni ötkaziladi.
Özbekiston kubogi
1/8 final. Javob öyinlari
30 may, seşanba
«Nasaf» — «Paxtakor» 1:0
Gol: Bahrom Abdurahimov, 64 (1:0).
Dastlabki uçraşuv: 3:0
«Metallurg» — «Qöqon—1912» 3:2
Gollar: Timur Usmonov, 24 (1:0). Darko Gojkoviç, 61 (1:1). Nosir Otaqöziyev, 73 (1:2). Doston Tursunov, 82-pen (2:2). Doston Tursunov, 89-pen (3:2).
Dastlabki uçraşuv: 0:2
«Söğdiyona» — «Buxoro» 0:3
Gollar: Akobir Törayev, 30 (0:1). Ivan Nagayev, 62 (0:2). San'at Şixov, 75 (0:3).
Dastlabki uçraşuv: 1:1
31 may, çorşanba
«Qizilqum» — «Lokomotiv» (0:5)
«Olmaliq» — «Dinamo» (1:1)
«Maş'al» — «Yozyovon-Loçinlari» (4:0)
«Navbahor» — «Neftçi» (0:1)
«Bunyodkor» — «Şörtan» (2:0)












