Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan qator iqtisodiy çeklovlarni bekor qiliş haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

Davlat rahbari turk işçilarini yollaş va alohida sohalarda turk kompaniyalarining işlaşiga tegişli çeklovlarni olib taşladi.

Putin TIVga Anqarani 2010 yilda imzolangan, fuqarolarning özaro qatnovlari şartlari haqidagi kelişuv qisman tiklanişi haqida xabardor etiş vazifasini topşirdi. Şuningdek, prezident Rossiyaga vizasiz kiruvçi turk fuqarolari röyxatini kengaytirdi.

Endilikda Rossiyaga qisqa muddatli safarlar bilan keluvçi, xizmat pasportlariga ega turk samolyotlari ekipajlari a'zolari, hamda ularning oila a'zolariga istisnolar mavjud.

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, istisnolar Turkiya ham şunday çoralarni qöllasa amal qiladi.