Yaqin kunlarda Çirçiq daryosi qirğoğidagi noqonuniy qurilgan inşootlar örganiladi. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi örinbosari Öktam Ötayevning sözlariga asoslanib, "Kun.uz" muxbiri ma'lum qildi.

Foto: Xalqaro press-klub

Berilgan ma'lumotga köra, yaqin orada Çirçiq daryosi qirğoqlaridagi inşootlar holati tahlili bilan şuğullanuvçi maxsus komissiya tuziladi. Bugunga kelib Çirçiq qirğoğida taxminan 200 ta noqonuniy quriliş aniqlangan. Batafsil tahlildan keyin mazkur röyxat töldirilib, Toşkent viloyati hokimiyatiga topşiriladi.

Mutaxassisning sözlariga köra, noqonuniy ravişda qurilgan binolar, şubhasiz, buziladi. Biroq yana şunday uylar ham borki, zarur ruxsatga ega bölsa-da, hozirda sel xavfsizligi zonasida joylaşgan - ular buzilmaydi, qayta ta'mirdan çiqarilib mustahkamlanadi. 

Çirçiq daryosi qirğoqlarining katta qismi bugungi kunda Çimyon-Çorvoq kurort zonasiga kiradi va u yerda noqonuniy qurilgan inşootlar ham talaygina. U yerdagi dala hovlilaridan ba'zilarining atrofi şaxsiy sohilga ega böliş maqsadida tösiqlar bilan bekitilgan. Bu esa qolgan fuqarolarning suvga çiqişiga tösqinlik qiladi.