Yuta ştati universiteti olimlari 2019–2020-yillarda ötkazgan tajribada boşqa hududlarda mulk yoki infratuzilmaga zarar yetkazgani uçun tutib olingan qunduzlardan foydalangan. Ularni qurğoqçil hududdagi ikki daryoga köçirib, tabiiy töğonlar mahalliy noyob baliqlarning yaşaş muhitini yaxşilay oladimi, degan savolga javob izlangan.

Tadqiqot natijalari Animal Conservation jurnalida çop etilgan.

Qunduzlarni köpinça ekotizim «muhandislari» deb ataşadi. Ular quradigan töğonlar suv oqimini sekinlaştiradi, suvning yon-atrofga yoyilişi va botqoqlaşgan maydonlar paydo bölişiga yordam beradi. Şuningdek, baliqlar uçun muhim bölgan tinç va çuqur suv havzalarini hosil qiladi. Qurğoqçilik paytida bunday joylarning ahamiyati yanada ortadi.

Biroq qunduzlarni köçiriş kutilganidan qiyinroq keçgan. Sakkiz haftalik kuzatuv davomida köçirilgan hayvonlarning omon qoliş körsatkiçi 40 foizga ham yetmagan. Şu hududda avvaldan yaşagan 24 ta qunduzdan iborat nazorat guruhida esa bu körsatkiç 80 foizni taşkil etgan.

Ayrim qunduzlar yirtqiçlar tufayli, boşqalari nomaʼlum sabablar bilan nobud bölgan. Baʼzi hayvonlar esa harakatini kuzatiş uçun örnatilgan datçiklarini yöqotgan. Şu sababli kuzatuvdan yöqolgan har bir hayvonni nobud bölgan deb hisoblaş mumkin emas.

Köçirilgan qunduzlarning taxminan çorak qismigina qöyib yuborilgan joyda yaşab qolgan. Boşqalari mosroq hudud izlab ketgan. Olimlarning qayd etişiça, odatda bunday köçirişlarda hayvonlarning qariyb yarmi yangi joyda qoladi.

Şunga qaramay, tadqiqotçilar töğonlar sonini köpaytiriş maqsadiga erişilganini taʼkidlamoqda. Prays daryosida 17 ta, San-Rafaelda esa uçta yangi töğon sanab çiqilgan. Ularning ayrimlari avvaldan mavjud sunʼiy inşootlar yonida qurilgan.

Olimlar kuzatuv hududidan ketgan qunduzlar ham şu daryo havzalarining boşqa zararlangan qismlarida örnaşib, foyda keltirişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq bu ehtimol hozirça tasdiqlanmagan.

Endi tadqiqotçilar yangi töğonlar baliqlarning yaşaş şaroitiga qanday taʼsir qilişini örganmoqçi. Demak, töğonlar köpaygani qayd etilgan bölsa-da, daryo ekotizimlari töliq tiklangani haqida xulosa qilişga hali erta.