Duşanbe hokimi Rustam Emomali maktab va boğçalarni tuman byudjyetlari hisobidan ta'mirlaşga buyruq berdi.
Maktab va boğçalarni ta'mirlaş uçun ota-onalardan pul yiğişni taqiqlaş haqidagi buyruq Duşanbe şahri ta'lim boş boşqarmasiga yöllangan. Şaharning 4 ta tumani rahbarlari ham tegişli maktublarni olganlar.
"Bu çora korrupsiya holatlari, maktab va maktabgaça ta'lim muassasalarini ta'mirlaş uçun noqonuniy pul yiğişning oldini olişga qaratilgan. Tuman raislari bajarilgan işlar haqida 1 avgustgaça hisobot berişlari kerak", deb aytildi şahar hokimiyatida.
Hozirda hokimiyat vakillari maktablar va boğçalarda öqituvçilar va öquvçilarning ota-onalari bilan uçraşib, ularga şahar hokimi buyruğining mohiyatini tuşuntirişmoqda.












