Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Duşanbe şahri meri Rustam Imomali 3-sentabr kuni poytaxtning Şohmansur tumanida köp funksiyali meʼmoriy xizmat körsatiş majmuasi qurilişining tamal toşini qöydi.
Yangi majmuaning markaziy obyekti balandligi 340 metr, 77 qavatdan iborat bölgan «Duşanbe minorasi» binosi böladi. U mintaqadagi eng baland inşootga aylanadi. Meʼmoriy majmua tarkibiga jami 52 ta obyekt, jumladan, beşta osmonöpar minora va mintaqadagi eng yirik savdo-köngiloçar markaz kiradi.

Loyiha mehmonxona, kafe va restoranlar, savdo maydonlari, ofislar, 1000 örinli konsert zali, kinoteatr, bolalar hududi, sport majmuasi, boğ va köl bilan birga köp funksiyali makon yaratişni közda tutadi.
Şuningdek, loyiha doirasida 6160 ta xonadonga ega 42 ta turar-joy binosi, 1200 nafar öquvçiga möljallangan umumtaʼlim muassasasi hamda 500 örinli bolalar boğçasi quriladi.

Majmua hududining umumiy maydoni 29 gektarni taşkil etadi. Quriliş yakunlanganidan söng bu yerda 270 ming kvadrat metr maydonda işlaş, yaşaş, dam oliş va xizmat körsatiş sohasini rivojlantirişga möljallangan zamonaviy turar-joy va işbilarmonlik klasteri yaratiladi. Loyiha 4300 dan ortiq yangi iş örni yaratiş imkonini beradi.
Majmua qurilişi «Tas International Group» kompaniyasi tomonidan 5 yilda amalga oşirilişi kutilmoqda. Qurilişga 2000 dan ortiq mahalliy quruvçi jalb etiladi.
Avvalroq majmuaning loyihaviy yeçimini tayyorlaşga masʼul bölgan Cool Design Studio kompaniyasi obyekt qurilişida Tojikiston kompaniyalaridan taşqari Özbekiston, Rossiya va Birlaşgan Arab Amirliklarining ixtisoslaşgan kompaniyalari ham iştirok etişini maʼlum qilgandi.












