Rossiya Özbekistonga yaqin orada neft yetkazib berişni boşlaydi, biroq uglevodorod xomaşyosi hajmi hozirça çeklangan böladi, deb xabar berdi neftegaz.ru.
2017 yilda Rossiya Özbekiston bilan erişilgan kelişuvlar doirasida xom neftni yetkazib berişni boşlaydi. Avvaliga gap 500 ming tonna neft haqida borgandi. Biroq joriy yilda bu hajm atigi 30 ming tonnani taşkil etişi mumkin.
Ma'lumki, Özbekistonga neft test rejimida yetkazib beriladi, deya ta'kidlaydi naşr.
Neftni yetkazib berişning aniq va qat'iy jadvali hozirça yöq.
Özbekistonga neft Omsk-Pavlodar-Çimkent magistral neftquvuri orqali yetkazib berilişi möljallangan.
Avvalroq RF energetika vaziri A.Novak va Qozoğiston energetika vaziri K.Bozumbayev Rossiya neftini Qozoğiston orqali Özbekistonga yetkazib beriş haqida kelişib olişgandi.
Biroq Özbekiston yaqin kelajakda Qozoğiston bilan çegaragaça magistral neftquvurini quriş niyatida. Bu joriy yilda Jizzax viloyatida qurilişi boşlangan neftni qayta işlovçi yangi zavodni xomaşyo bilan ta'minlaş maqsadida qilinadi.
Neftquvurining uzunligi 95 km böladi. Taxminlarga köra, u Omsk-Pavlodar-Çimkent neftquvuri bilan boğlanadi.












