Şu yilning 25-31 may kunlari oraliğida Toşkent çorrahalariga örnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7564ta qoidabuzarliklar aniqlangan. YHQni buziş holatlarini oldini oliş maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida şu muddat davomida yöl harakati xavfsizligi xodimlari 18 ming 724ta qoidabuzarlikni qayd etib, tegişli ma'muriy bayonnomalarni rasmiylaştirgan. Bu haqda Toşkent IIBB matbuot brifingida ma'lum qilindi.

Kamera va radarlar orqali aniqlangan qoidabuzarlikka doir raqamlar quyidagiçani taşkil etgan:
• 3934 ta sfetoforning taqiqlovçi çiroğida harakatlaniş;
• 3630 ta tezlikni belgilangan me'yordan oşiriş
Hafta davomida 20ta YTH sodir bölgan, halok bölganlar 1 nafarni, jarohatlanganlar 26 nafarni taşkil etgan. Ötgan yilning şu davrida 34 ta YTH yuz bergan, ularda 4 nafar inson hayotdan köz yumgan, 33 kişi tan jarohati olgan. 2017 yil 15 mart kuni kuzatuv kameralari joriy etilgandan söng YTHlari soni 247tani taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 101taga, hodisalar oqibatida halok bölganlar soni 32 nafarni taşkil etib, 23taga, tan jarohati olganlar soni 286 nafarni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 121taga kamaygan.












