Toşkent viloyati Böka-Bekobod yölining 88 kilometrida dahşatli avtohalokat röy berdi. Unda Damas va Neksiya rusumli yengil avtomaşinalar özaro töqnaşib ketgani oqibatida 2003 yilda tuğilgan qiz, 7-sinf öquvçisi hayotdan köz yumgan. Uning onasi oğir tan jarohati olgan. Respublika IIV YHXBB vakili Kun.uz saytiga ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, voqea böyiça dastlabki suriştiruvlarga köra, Damas yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan. Buning oqibatida ikkala töqnaşgan maşina ham yonib ketgani xabar qilinmoqda.
Şu bilan birga, vazirlik vakili haydovçilar taqdiri qanday ekaniga oydinlik kiritmagan. Suriştiruv işlari olib borilmoqda.











