Dunyo avtokonsernlari elektr, quyoş energiyasi yordamida, şunindek, haydovçisiz boşqariladigan avtomobillar, uçadigan avtomaşinalar va Ilon Maskning HYPERLOOP loyihasi ustida boş qotirayotgan bir paytda, yurtimizdagi yengil avtomobil işlab çiqarişga asoslangan monopol taşkilot — GM-Uzbekistan narxni oşiriş ustida boş qotirmoqda.
Dunyodagi yetakçi davlatlardan biri, Janubiy Koreya sobiq prezidentining «Mö'jiza sodir bölmaydi» nomli kitobida monopol taşkilot davlatning rivoji uçun heç qaçon xizmat qilmasligini, sifat borasida ham oqsoqliklar kuzatilişini yozgan holda, unga mos ravişda yana bir va bir neça korxonalar barpo etilişi mamlakatda muayyan sohada soğlom raqobatning vujudga kelişi borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşgan.
Balki bu fikrlar töğridir, balki bizga unçalik ham mos kelmas, lekin sifat borasidagi gaplariga qöşilmasdan ilojimiz yöq.
Keling, avtosalondan xarid qilingan avtomaşinaning kamçiliklari borasidagi mavzuga ötmaylik, şusiz ham bu sohadagi boşqa muammolar yetarliça! Xaridorlar bu kompaniyaning beöxşov qiliqlaridan şu darajaga borib yetişdiki, «bitta eşigi yöq ekan, eşikni yana 3 oy kutasiz», — deyişsa, «e, mayli, eşikni özim sotib olarman, maşinani çiqarib bersang böldi», deyişga ham rozi.
Deyarli mahalliylaşgan korxonaning mahsulotlarini xorijiy valyutada olişga rozi bölmasdan ilojimiz yöq edi. «Xohlasang şu, bölmasa, ana katta köça». Mayli, bunga ham rozi edik, «Ji-Em»ga dollarda sotilayotgan maşinalari uçun davlat kursining muntazam oşib borişi endi xalq tili bilan aytganda «nevigodno» böla boşladi.
«Nima qilmoq kerak?» — ular uzoq boş qotirib ötirişmadi ham. «Ketsa — xalqdan ketyapti, narxni oşiramiz. Lekin, belgilab qöyinglarkim, dollarning MB tomonidani sotiş yoki xarid qiliş mas'uliyatisiz belgilab beriladigan davlat kursi har seşanba kötarilsa, avtomobillarimizning ham narxi şunga mos ravişda oşadi. Eski xatoni takrorlamasligimiz kerak!»
Şu paytgaça asosan uyali aloqa kompaniyalari va aksariyat internet-provayderlarning tarif rejalari dollarda belgilangan, uni tölaşda Markaziy bankning öşa haftadagi kursiga qarab, sömda tölab kelar edik.
Internet-provayderlar va uyali aloqa kompaniyalari dollardagi tarif rejalaridan voz keçib, töliq sömlik tarif rejalariga ötkaziş jaaryoni boşlanganida «Ji-Em Uzbekistan»ning qilgan işi «yotib qolgunça otib qol» qabilida bölyaptimi?
Davron RAVŞANOV











