Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi Asaka avtomobil zavodiga uyuştirilgan press-tur davomida korxona boş direktori vazifasini bajaruvçi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlar bilan muloqot davomida «Damas» avtomobilidan «tez yordam» maşinalari sifatida foydalanişga öta noqulayligi haqidagi savolga ham javob berdi.

«1996 yilda «Damas» avtomaşinasi işlab çiqara boşlaganimizda sobiq ittifoq davlatlarida avtosanoat parokandalikka uçrab bölgan edi. Ma'lumki, öşangaça Riga avtobus fabrikasining RAF mikroavtobuslaridan «tez yordam» sifatida foydalanilar edi. Öşanda majburlikdan «Damas» avtomobillari «tez yordam» maşinalariga moslaştirilgan. Albatta, bunday maşinalardan ilk tibbiy yordamni öz vaqtida körsatiş uçun şifokorlarning tezroq yetib borişlarida foydalaniş mumkin. Bemor taşiş, operatsiya qiliş birmunça noqulay», — dedi Rustam Rajabov.

«Endi 2019 yilda Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive (UzPCA) qöşma korxonasi işga tuşirilişi kutilmoqda. Yangi zavodning işga tuşişi bilan Özbekistonda sifatli, qulay va ixçam tez yordam maşinalari bilan boğliq muammolar töliq bartaraf etiladi. Çunki bu zavodda asosan mikroavtobuslar va furgonlar işlab çiqarilişi möljallanmoqda. Bilişimça, bunday avtomobillar bazasida ilk tibbiy yordamni körsatiş mumkin bölgan «tez yordam» maşinalari bilan bir qatorda zudlik bilan operatsiyalar ötkaziş imkonini beradigan «reanimobillar» ham işlab çiqariladi». — dedi GM-Uzbekistan boş direktori vazifasini bajaruvçi Rustam Rajabov.

Qayd etib ötiş lozimki, Ayni paytda Samarqanddagi «SamAvto» zavodida tayyorlanayotgan «Isudzu» rusumli turli avtomaşinalar orasida «Tez tibbiy xizmat»ga moslaştirilgani ham işlab çiqarilmoqda.