Vaşinton markazida AQŞ prezidenti Donald Trampning yuzlab tarafdorlari va unga qarşi tomon iştirokida miting bölib ötdi. Bu haqida TASS xabar berdi. 

Respublikaçilar partiyasi va Vaşington ma'muriyati rahbarini qöllab-quvvatlovçi amerikaliklar "Parij emas, Pittsburg" nomli namoyişda qatnaşiş uçun Oq uy yaqinidagi Lafayyet xiyoboniga töplanişdi. Ular Amerika yetakçisining iqlimga doir Parij kelişuvidan çiqiş qarorini ma'qullab, "Biz işçi örinlar tarafdorimiz!" degan hayqiriqlar bilan qöllab-quvvatlaşdi. 

Namoyişçilarning qöllarida AQŞ bayroği, Trampning "Amerikani buyuk qilamiz" şiori hamda "Rahmat sizga, prezident Tramp" deb yozilgan plakatlarni köriş mumkin edi. Namoyişçilarning aksariyati Amerika bayroği ranglarida kiyinişgan.

"Ma'lumki, OAV va demokratlar prezidentga hujum qilişda davom etişmoqda, - deyişdi taşkilotçilar. - U Amerikada yangi işçi örinlarini köpaytiriş maqsadida Parij kelişuvidan çiqişga qaror qilganidan keyin bosim yanada kuçaydi. Biz prezident Trampni qöllab-quvvatlayotganimizni körsatiş maqsadida guruh taşkil qilamiz". 

Namoyiş Virjiniya ştatidagi Respublikaçilar partiyasi qömitasi tomonidan taşkillaştirildi. Uning vakillari töplanganlarni yaqin orada Trampning siyosatiga qarşi "Haqiqat uçun yuriş" aksiyasi bölib ötayotganidan ogohlantirildi. "Bugun bizning bu yerdaligimizdan xursand böladigan boşqa namoyişçilarga töqnaş kelişimiz mumkin, - deya xabar berdi megafonda taşkilotçilardan biri. - Sizlardan bu yerga nima uçun yiğilganimizni unutmaslikni hamda ularga e'tibor bermaslikni söramoqçiman".

Manbaga köra, ikki tomon örtasida "oğzaki töqnaşuv"dan boşqa ziddiyatlar qayd etilmagan. Prezident Trampning özi esa bu paytda Virjiniya ştatidagi golf klubida bölgan.