Jahon banki Özbekiston uçun prognozini yaxşi tomonga qayta körib çiqdi. Endilikda, bankning fikriça, Özbekiston iqtisodiyoti 2017 yilda 7,6 foizga ösadi. 

Jahon bankining “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotining iyun sonida ta'kidlanişiça, 2017 yilda Özbekiston YaIM 7,6 foizga ösadi, bu esa bank tomonidan 2017 yilning yanvar oyidagi prognozdan 0,2 foiz punktiga köp.

Bank prognozlariga köra, 2018 yilda Özbekiston iqtisodiyoti ösişi 7,7 foizni taşkil etsa, 2019 yilda – 7,8 foizga teng böladi.

Jahon banki Özbekiston YaIMning 2018 va 2019 yillardagi ösişiga doir prognozini ham yaxşiladi – yanvar oyidagi prognozdan 0,3 va 0,4 foiz punktiga köp.

Bank hisobotida ta'kidlanişiça, Özbekiston YaIM 2016 yilda 7,8 foizga ösgan, bu yanvar prognozidan 0,5 foiz punktiga köp degani.