29 may - 4iyun oraliğida mingdan ziyod kişi oğir issiq urişi belgilari bilan Yaponiya şifoxonalariga yetkazildi. Bu ötgan haftaga nisbatan 1,5 barobar köp, demakdir. Mamlakatda tez yordam funksiyasini ham bajaruvçi yonğin boş boşqarmasi ma'lumotiga asoslangan TASS agentligi şu haqida xabar berdi.
Ötgan hafta Yaponiya hududining katta qismida juda issiq havo kuzatildi, köp joylarda harorat Tselsiy böyiça 30 darajadan ortiqni taşkil qildi. Natijada şifoxonaga yetkazilganlarning 20 nafarga yaqini 3 haftadan ortiq muddatga joylandi. Eng köp jabrlanganlar - Tokioda. May oyida esa issiqlik zarbalari natijasida ikki kişi halok bölgan.
Ötgan yili Yaponiyada haddan taşqari issiq harorat tufayli 100 dan ziyod kişi halok bölgan. Tez yordam xizmati aholini issiqlik urişi tahdidiga jiddiy munosabatda bölişga, köproq soya-salqin joylarda bölib, muntazam ravişda suv içib turişga çaqirmoqda.








