Bir qator arab davlatlari Qatar bilan aloqalarni uzganlaridan keyin mamlakatda  iqtisodiy vaziyat yomonlaşişidan xavotir sababli Qatar milliy valyutasi – Qatar rialining fyuçers bozorlarida kursi 2009 yildan keyingi eng past körsatkiçga tuşib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, 6 iyunda Qatarda banklararo valyuta bozorida bir AQŞ dollari 3,6470 rialdan sotilgan. Qatar markaziy banki bir dollarga 3,64 rial kursini belgiladi va Qatar valyutasini ayirboşlaş şu qiymat atrofida özgarib turibdi.