2-sentabr kuni ötkazilgan oçiliş marosimida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Qatar muzeylari kengaşi raisi Şayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy qatnaşdi.
Taʼkidlanişiça, uşbu ekspozitsiyada Özbekiston muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan örin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, ular orasida Islom dini tarqalişidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davlaridan to bugungi kungaça bölgan tarixiy bosqiçlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, anʼanaviy hunarmandçilik va töqimaçilik sanʼati namunalari bor.



“Bu - Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan taniştiriş uçun qulay imkoniyat, şuningdek, Özbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantiriş yölidagi muhim qadamdir”, - deya yozdi Saida Mirziyoyeva.



Qayd etilişiça, mazkur muzeyda 7 nafar hunarmandning Toşkent, Samarqand va Buxoro böylab ijodiy safari yakunlariga bağişlangan “Ektaşif Özbekiston” körgazmasi ham öz işini boşlagan.
Unda Özbekistonning boy madaniyati, anʼanalaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik sanʼati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvçi fotosuratlar jamlanmasi namoyiş etilmoqda.















