22-sentabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining yuqori darajadagi umumiy munozaralari boşlandi. Bu har yili dunyo yetakçilari BMT minbaridan öz davlatlarining ustuvor yönalişlarini bayon qiladigan asosiy tadbirdir.

Önlab yetakçilar çiqiş qilgan birinçi kun nutqlarida Ğazo va bosib olingan Ğarbiy Sohil eng köp tilga olingan mavzulardan biri böldi. Iordaniya, Turkiya, Braziliya va Qatar yetakçilari bu hududlardagi Isroilning harakatlarini tanqid qildi. Fransiya yetakçisi Ğazodagi vaziyatni "barça uçun şarmandali holat", deb atadi. BMT boş kotibi va boşqa rasmiylari ham Isroilning harakatlarini qoraladi. Tramp esa taxminan 38 daqiqalik nutqida Isroilni faqat bir marta tilga oldi.

BMT Boş kotibi

BMT boş kotibi sifatida Boş assambleyada oxirgi marta nutq qilayotgan Antonio Guterriş Yaqin Şarqdagi mojarolar zanjirsimon avj olayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, «öt oçişni töxtatiş» deb atalgan kelişuvlar bahosini tinç aholi tölaşda davom etmoqda. U yetakçilarni janglarni töxtatişga va humanitar yordamni ötkazişga çaqirdi.

BMT rasmiysi, 2023-yildagi Hamas hujumini «jirkanç terror» deb atadi va şundan keyin Ğazodagi falastinliklarga qarşi keng kölamli hujum boşlanganini aytdi.

2026-09-23 18.49.03
Antonio Guterriş / Foto: New York Times

«Ğazodagi [holat] – Boş kotiblik yillarimda körmagam darajadagi qirğin va vayronagarçilik. …Ğarbiy Sohilda Isroil tomonidan zöravonlik, köçiriş va manzilgohlar kengayişi esa «tinçlik yölini buldozerdek ezib, etnik tozalaş xavfini yuzaga çiqarmoqda», dedi Guterriş.

Şuningdek, Guterriş Xalqaro sudning genotsid konvensiyasi böyiça işdagi majburiy vaqtinçalik çoralarini eslatdi va barça tomonlarni sud qarorlariga böysunişga çaqirdi. Bu qarorlarda Isroilga Ğazoda genotsid harakatlarining oldini oliş, genotsidga oçiq daʼvatlarni jazolaş, humanitar yordamni tösiqsiz ötkaziş va dalillarni saqlaş buyurilgan.

AQŞ

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ğazodagi uruşni tugatganini taʼkidlab, faqat bir marta - 7-oktabrdagi hujumining uç yilligini eslaganda Isroil haqida gapirdi.