Ğarbning yetakçi naşrlari — Forbes, The Huffington Post, Bloomberg va boşqalar şu kunlarda bazaviy daromad, deya atalayotgan tuşunça ğoyasini faol muhokama qilişmoqda. Bazaviy daromad deganda davlat tomonidan har bir fuqaroga tölanişi kafolatlangan summa tuşuniladi. Uşbu ibora va ğoyaning keskin ommalaşuviga sabab multimilliarder va Facebook asosçisi Mark Tsukerberg özining Harvard universitetidagi çiqişida bu ğoyani qöllab-quvvatlagani böldi. 

Bayonot Tsukerbergning prezidentlik ambitsiyasi haqidagi miş-mişlar kuçayayotgani fonida röy bergani va yil boşidan buyon şartsiz bazaviy daromad — ŞBDni tatbiq etiş böyiça tajriba ikki davlat (Kanada va Finlandiya)da joriy etilgani hisobga olinsa, Silikon vodiysida juda maşhur bölgan bu ğoya kelgusidagi jamiyat tuzilişining öziga xos dasturamali emasmikan, degan savolni OAV muhokama etmoqda. 

...Nima deyiş mumkin? Öz-özidan şartsiz bazaviy daromad ğoyasi juda köhna hisoblanadi. Ilk bor u bir neça yil muqaddam naşr etilgan (1939 yilda noşirlar romanni işonarsiz deb, çop etişmaydi) Haylaynning «Biz, tiriklarga» fantastik romanida közga taşlangan. Natijada, Haylayn özining çop etilmagan ilk romanini turli ğoyalarga bölib, keyingi ijodida foydalanib kelgan.

Bu ğoya bayon qilingan ilk qissa esa 60-yillar örtalarida çop etilgan va boşqa muallifga tegişli bölgan, aftidan, bu ğoya azaldan bir kişidan ikkinçisiga köçib yuradigan daydi ğoya bölgan.

Tabiiyki, ŞBDni joriy etiş böyiça yaqinda Şveytsariyada muvaffaqiyatsiz yakunlangan referendum taşkilotçilari ham, Finlandiya va Kanadadagi bazaviy daromadlar bilan boğliq hozirgi ijtimoiy tajriba taşkilotçilari ham, öz-özidan Tsukerberg ham bu ğoyaning ixtiroçilari hisoblanmaydi.

Yodingizda bölsa, Şveytsariya referendumida bu ğoyaga qarşi şunçaki qarşi ovoz berilmadi, qarşi ovoz berganlar uluşi juda katta böldi. Nega? Çunki ŞBD ğoyasi — jamiyatni boşqarayotganlardan voz keçiş, demakki, özining barça burç va majburiyatlaridan voz keçiş ğoyasi demakdir.

Mohiyatan, şartsiz bazaviy daromad jamiyat işsizlikka qarşi ortiq kuraşmasligini, yangi iş örinlari yaratişga urinmasligini, şunçaki insonlarni hayotdan itqitib taşlab, ularning oçidan ölib qolmasligi uçun pul ajratilib turilişini bildiradi. Yaşaşi emas, aynan oçidan ölib qolmasligi uçun, çunki har bir inson uçun hayotning mazmuni, avvalo, qizğin faoliyatda, boz ustiga, jamiyat ham har bir insonning imkoniyatlarini sörab olişi va javob berişi kerak. Aynan kerak, çunki jamiyatda mohiyatan insonlardan bölak resursning özi yöq. Boz ustiga, bu resurslar öta kamyob. Insonlardan boşqa narsani yaratiş yoki xarid qiliş mumkin.

Xullas, ana şunday şaroitlarda şartsiz bazaviy daromadning joriy etilişi, uni qanday deb ataşmasin, qanday körinişda tortiq etişmasin (çunki masalan, «manfiy daromad soliği», deb ham ataşmoqda) — har doim bitta narsani bildiradi: umuman olganda jamiyat özining ayrim kuçlari va imkoniyatlaridan mahrum böladi, öz resurslarining bir qismidan foydalanmay qöyadi. Şu sababli bu ğoyani ilgari surayotganlar, umuman olganda, jamiyatning kuçsizlanişiga erişişni istaşmoqda.

Haylaynning yuqorida tilga olingan 1939 yilgi romanida insonlarga jamiyat tomonidan şu bazaviy daromad berilişi ularga şunçaki öz qiziqişlari doirasida faol harakat qiliş uçun xalaqit bermasdi. Biroq, oltmişinçi yillar qissasida öz fuqarolariga «manfiy daromad soliği» taqdim etgan jamiyat yumşoqroq qilib aytiladigan bölsa, unçalik farovon emasdek tasvirlangan. Boş qahramon ham özining örnini öta ziyonli deb hisoblagan va hikoya davomida doimiy iş örniga ega böliş uçun qölidan kelgan barça urinişni qilgan va jamiyatning boşqa a'zolariga öxşab, me'yordagi daromad soliği tölaşga intilgan.

Mark Tsukerbergdan öta muvaffaqiyatli insonlarning ŞBDga qiziqib qolganligi ortida nima turgan bölişi mumkin?

RIA Novosti eksperti Anatoliy Vassermanning fikriça, Tsukerbergning yaqindagi çiqişlari kuçlari talab etilmagan köplab insonlardan keladigan xavfni anglamagan bölsa ham, uni sezib turganligini körsatadi. Inson tabiatan öta faol, şu sababli agar unga foydali harakat qiliş imkoni berilmasa, u ziyonga işlay boşlaydi. Ba'zan özi uçun, ba'zan atrofidagilar uçun.

Ehtimol, Tsukerberg jahondagi ommaviy işsizlik darajasi portlovçi vaziyatni yaratganini allaqaçon tuşunib yetgandir, lekin bu portlaşdan qanday qilib qutiliş mumkinligini hozirça tuşunmagan körinadi. 

Qayd etiş lozimki, dunyoning rivojlangan davlatlaridagi eng boy odamlar butun dunyo böylab turli boşpana, ta'qibdan saqlanadigan joylar xarid qilişga qiziqişayotgani haqida OAVda xabarlar çiqib turibdi.

Bu boşpanalar bir neça yil muqobil tarzda umr keçiriş mumkin bölgan bunkerlardan iboratdir. Ya'ni, insonlar voqealarning halokatli tus olişini sezişmoqda, bölajak portlaşning oldini olişni yoki umuman, uni bartaraf etiş mumkin-mumkinmasligini bilişmayapti.

Darvoqe, bu holatda bunkerlar mutlaqo bema'ni yeçimdir, çunki ertami-keçmi, uning içidagi kelgusidagi hayot uçun zarur bölgan narsalar tugaydi.

Bunker — aqlli mulohaza bilan yöğrilmagan qörquv in'ikosi hisoblanadi. Tsukerbergning taklifini ham mana şu ruknga qöşib qöyiş kerak. Ya'ni unikida ham milliardlari va baxtli hayoti uçun qörquv tufayli yuzaga kelgan, soğlom fikrdan mosuvo.