Meta korporatsiyasi asosçisi Mark Sukerberg manifest e’lon qilib, unda sun’iy intellektni (SI) rivojlantiriş borasidagi öz qaraşlari bilan örtoqlaşdi. Bu haqda Axios xabar bermoqda. Uning ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt rivojlanişining jamiyat uçun asosiy xavfi - bu texnologiya ustidan bir taşkilot yoki mamlakatning haddan taşqari katta nazoratni qölga kiritişidir.
Sukerberg öz manifestida, xususan, SI borasidagi aksariyat tahdidlar börttirilganini va bu texnologiyaning ijobiy imkoniyatlari yetarliça baholanmayotganini aytadi. Şuningdek, u sönggi paytlarda dasturçilar tez-tez duç kelayotgan modellarni çiqarişdan oldingi tartibga solişdan farqli ölaroq, modellarni rivojlantirişning dastlabki bosqiçlarida kompaniyalarning davlatlar bilan hamkorlik qilişini qöllab-quvvatlaşini qayd etdi.
Sukerberg öz manifestini Meta özining oçiq kodli Muse Glimmer nomli SI-modelini taqdim etgan kunning özida e’lon qildi. Bunday modellarda turli parametrlar va ma’lumotlar hamma uçun oçiq bölib, foydalanuvçilar ularni yuklab olişi mumkin. Muse Glimmer sönggi davrdagi eng ilğor modellardan ança kuçsizroq, biroq u SI tizimlarini bevosita foydalanuvçi qurilmalarida işga tuşiriş imkonini beradi.
Sukerberg yana bir bor oçiq kodli modellarni, şuningdek, «distillayatsiya» deb ataluvçi imkoniyatni - ya’ni SI-modellarini boşqa, kuçliroq modellar asosida maqsadli öqitiş va maxsus sörovlar yordamida ularning asosiy xususiyatlarini «ajratib oliş»ni yoqlab çiqdi. Uning fikriça, texnologiyadan hamma foydalana olişiga şaroit yaratiş muhim. Sukerberg, şuningdek, sun’iy intellekt rivojlanişi tufayli qurilişi jadallaşgan yirik ma’lumotlar markazlari yaqinida joylaşgan hududlardagi jamoalarni qöllab-quvvatlaş uçun 1 milliard dollar hajmidagi jamğarma taşkil etiş rejasi borligini ham ma’lum qildi.








