«Bu kompaniyalar maqsadli ravişda maşina yaratdi, u bola miyasida qaramlikni keltirib çiqaradi», dedi 9 fevral kuni sudda da’vogarning advokati. BBC uning sözlaridan iqtibos keltirdi.
Da’vogarning ismi va familiyasi töliq körsatilmagan (Keyli G.M.), çunki da’vo qözğatilayotgan davrda u voyaga yetmagan edi, hozir u 20 yoşda.
U dastlab yana ikkita ijtimoiy tarmoq - Snapchat va TikTok platformalariga qarşi da’vo qözğatdi, biroq ular yanvar oyida u bilan sudgaça bölgan kelişuvlarni imzoladi.
Instagram va YouTube platformalariga egalik qiluvçi Meta va Google kompaniyalari advokatlari qizdagi oğriqli qaramlik ijtimoiy tarmoqlarning işlaş usullari tufayli emas, balki uning oilasidagi muammolar oqibatida yuzaga kelganini isbotlamoqçi.
Şu paytgaça ijtimoiy tarmoqlarga egalik qiluvçi kompaniyalar 1996 yildagi «Aloqa tizimlarida odob-axloq qoidalari töğrisida»gi qonunga asoslanib, platformalar uçinçi şaxslar joylaştirgan kontent uçun javobgar emas, degan qoidani rökaç qilib kelgan. Ammo hozirgi da’vo boşqa narsa haqida: odamlarning uşbu tarmoqlardan foydalanişiga ta’sir qiluvçi ijtimoiy tarmoqlarning interfeysi, algoritmlari, xabarlari va boşqa jihatlari haqida.
Şu sababli, Los-Anjyelesdagi uşbu sud jarayonining natijasi butun Qöşma Ştatlar böylab boşqa da’vogarlar, ularning qarindoşlari, maktab ta’limi idoralari va ştat boş prokurorlari tomonidan berilgan minglab şunga öxşaş da’volarni körib çiqadigan sudyalar uçun, şu jumladan pul kompensatsiyasi böyiça ham yöl-yöriq bölişi mumkin.

Şunday işlardan biri böyiça yaqinda 29 ta ştatning boş prokurorlari Kaliforniyadagi federal sudga Meta kompaniyasiga iş usullarini zudlik bilan özgartirişni buyuriş körinişidagi ta’minlaş çorasini köriş töğrisida iltimosnoma kiritdi.
Ular sudyadan Meta kompaniyasiga 13 yoşdan kiçik bölgan Instagram va Facebook foydalanuvçilarining barça akkauntlarini öçirib taşlaş, kompaniya uşbu foydalanuvçilar haqida töplagan barça ma’lumotlarni öçirib taşlaş, şuningdek, uşbu ma’lumotlardan foydalanadigan algoritmlar va sun’iy intellekt elementlarini öçirib qöyişni buyurişni söramoqda.
Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi ştat qonunlariga asoslangan yana bir da’vo böyiça 18 ta ştat boş prokurorlari suddan Meta kompaniyasidan yoş foydalanuvçilarga dars paytida va tunda internetga kirişni taqiqlaşni, ularning fikriça, qaramlikni keltirib çiqaradigan dizayn elementlarini, ya’ni lentani çeksiz pastga varaqlaş va videoni avtomatik ravişda ijro etiş imkoniyatini öçirib qöyişni buyurişni söradi. Bundan taşqari, ular sud kompaniyaga fotosuratlarni yaxşilaydigan va prokurorlarning fikriga köra, inson gözalligi haqidagi tasavvurlarga ta’sir qiladigan filtrlarni öçirib qöyişni buyurişini talab qildi.








