IŞID terrorçi taşkiloti qator mamlakatlarga yangi teraktlar bilan tahdid qildi. Bu haqida 8 iyun kuni Belgiyaning DH.be naşri xabar berdi.
Ingliz tilida yozilgan maktubda islom diniga e'tiqod qiluvçilar gavjum joylar: bozorlar, serşovqin köçalar va maydonlardan uzoqroq yurişi tavsiya qilinadi, çunki "xalifat askarlari duşmanlarni portlatiş, odamlar ustiga bostiriş va piçoqlaşda davom etadi". Tahdidli maktub sakkiz mamlakatda yaşovçi musulmonlarga qaratilgan: Belgiya, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Italiya.
Belgiyalik xalqaro terrorizm eksperti Piter van Ostayyenning sözlariga köra, radikallarning bayonoti jiddiy asosga ega bölişi mumkin. Hozirda Belgiyaning tahdidlar tahlili bilan şuğullanuvçi ekspertlari uni örganişmoqda.
6 iyun kuni Parijdagi Notre Dame ibodatxonasi oldidagi maydonda 40 yoşli Jazoir fuqarosi "Bu senlarga Suriya uçun!" degança qölida bolğa bilan politsiya xodimiga hujum qilgan. Politsiyaçining hamkasblari jazoirlikni oyoğidan yaralaşgan. Şifoxonada gumondor "xalifat jangarisi" ekani va IŞID tomonda kuraşişini aytgan. Fransiya prokuraturasi uning xatti-harakatlarini terakt sifatida rasmiylaştirdi.












