Dastlabki suriştiruv natijalariga köra, Qatar amiri nomidan mahalliy yangiliklar agentligi saytida joylaştirilgan va diplomatik mojaroga olib kelgan bayonot xakerlar tomonidan qöyilgan. Bu haqda Reyter agentligi Qatar TIVga asosan xabar berdi.
"Tergov guruhining tasdiqlaşiça, noqonuniy harakatlar yuqori texnologiyalar va innovatsion uslublardan foydalangan holda Qatar yangiliklar agentligi saytidagi kamçilik orqali amalga oşirilgan", - deya Qatar TIV bayonotidan iqtibos keltiradi Reyter.
Vazirlik bayonotida kiberhujum ortida kim turganiga oydinlik kiritilmagan.
Qatar va uning qöşnilari örtasidagi mojaro Ar-Riyoddagi Fors körfazi davlatlari va AQŞ sammitidan bir hafta ötib röy berdi. Qatar yangiliklar agentligi mamlakat amiri nomidan nutq joylaştirdi. Unda esa Eron bilan munosabatlarni yaxşilaş fikri bayon etilgan. Keyinçalik Qatar TIV rasmiy vakili agentlik sayti buzib kirilgani va amir nomidan nutq xakerlar tomonidan e'lon qilingani hamda Qatar yetakçisiga heç qanday aloqasi yöqligini ma'lum qildi.
Biroq Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn bu raddiyani işonçsiz, deb topişdi hamda Eron bilan munosabatlarni yaxşilaş haqidagi sözlar aynan amirga tegişli ekanini iddao qilişmoqda.













