ABC News telekanali 29-sentabr kuni AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiysiga tayanib, şunday xabar berdi. Avvalroq kiberhujum haqida Military Times naşri maʼlum qilgan edi.

Pentagon vakiliga köra, 2025-yil oktabridan 2026-yil iyuligaça oz sonli begona foydalanuvçilar Mudofaa vazirligining Kadrlar maʼlumotlari markazi - DMDCʼda saqlanayotgan şaxsiy maʼlumotlarga ruxsatsiz kiriş imkoniga ega bölgan.

«Bu holat aniqlanişi bilan DMDC zaiflikni darhol bartaraf etdi», - degan vazirlik vakili.

ABC News suhbatdoşining bahosiça, sizib çiqiş kölami va oşkor bölgan maʼlumotlarning maxfiylik darajasi milliy xavfsizlik yuzasidan xavotir uyğotişi mumkin. Xususan, fayllarda harbiy xizmatçilar va fuqarolik xodimlarining lavozimlari haqida maʼlumotlar bölgan.

Pentagonning asosiy kadrlar bazalaridan biri

DMDC Pentagonning kadrlarga oid asosiy maʼlumotlar bazalaridan biri hisoblanadi. Unda amaldagi harbiy xizmatçilar, rezervçilar, fuqarolik xodimlari, pudratçilar, pensionerlar, faxriylar va harbiylarning oila aʼzolari haqidagi hujjatlar saqlanadi.

Pentagon maʼlumotiga köra, hozirça qölga kiritilgan maʼlumotlardan yovuz maqsadlarda foydalanilganini körsatuvçi alomatlar aniqlanmagan.

Avvalroq, 23-sentabr kuni AQŞ Federal qidiruv byurosi ham özining iş örinlari eʼlon qilinadigan saytiga ehtimoliy kiberhujum haqida xabar bergan edi. Öşa hodisadan qança odam jabrlangani hozirça maʼlum emas.