11-oktabrga ötar keçasi hakerlar Fransiyadagi yuzlab supermarketlarning sovutiş tizimlariga kiberhujum uyuştirdi. Jinoyatçilar uskunalarni muzdan xalos böliş rejimiga ötkazib yuborgan, oqibatda dökonlar aynigan mahsulotlarni taşlab yuborişga majbur böldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Intermarché tarmoğiga egalik qiluvçi Groupement Mousquetaires vakilining sözlariga köra, tarmoqning 150 ga yaqin dökoni zarar körgan. Sovutgiç va muzlatkiçlar taxminan olti soat davomida Selsiy böyiça 50 darajagaça qizib ketgan, oqibatda göşt, muzlatilgan mahsulotlar va sabzavotlar aynib qolgan. Mousquetaires maʼlumotlariga köra, mazkur tizimlarni Daniyaning Danfoss kompaniyasi boşqargan va rasmiylarga aynan yetkazib beruvçining öziga şikoyat bilan murojaat qiliş lozim.

Hujum Coopérative U tarmoğiga ham daxl qilgan, bu haqda tarmoq boş direktori Dominik Şelşer maʼlum qildi. Uning yuzga yaqin dökoni jabrlangan. Şuningdek, baʼzi Leclerc supermarketlari ham hakerlar nişoniga aylangan. Danfoss Fransiyadagi hodisalardan xabardor ekanini va mijozlar bilan birgalikda oqibatlarni bartaraf etiş çoralarini körayotganini bildirdi.

Danfoss vakili Lars Grubak Loff asosan sovutiş tizimlarini boşqarişning eskirgan modellari, jumladan, dasturiy taʼminot tizimlari buzib kirilganini aytdi.

«Danfoss mijozlarga qöllab-quvvatlanadigan tizimlarning proşivkasini doimiy ravişda yangilab borişni hamda eskirgan tizimlardan zamonaviy avlod yeçimlariga ötişni allaqaçon tavsiya qilib keladi».

Avgust oyida Claroty kompaniyasining Team82 tadqiqotçilari Danfoss kontrollerlaridagi zaifliklar, jumladan, sovutiş tizimlari işiga aralaşiş imkonini beruvçi yaşirin autentifikatsiya mexanizmi haqida ogohlantirgan edi.