Makedoniya boş vaziri Zoran Zayev ma'lum qildiki, NATO tarkibiga Sobiq Yugoslaviya Makedoniya respublikasi nomi bilan kirişga tayyor. Bu fikrni respublikaning alyansga kirişi jarayonini tezlaştirişi uçun Gretsiya ham ma'qullagan.
7 iyun kuni Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras Zayevni lavozimga kirişgani bilan tabriklagan va Afinaning Makedoniya davlati nomi böyiça bahsdagi pozitsiyasini bildirgandi.
Bugun Makedoniya hukumati rahbari yaqin oylar içida Skopega NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg taşrif buyurişi kutilmoqda. Bu esa mamlakatning taşkilotning tölaqonli a'zosi bölişi yölidagi muhim qadam bölişi mumkin.
"Ikki yöl bor: yoki muammolar hal qilinadi, yoki vaqtinçalik nom bilan NATOga kiramiz va Gretsiya bilan mamlakat nomlanişi borasidagi muzokaralarni davom ettiramiz. Ular bizning YeIga kiriş istagimiz ham kuçli ekanini yaxşi bilişadi", degan MRT telekanali orqali çiqiş qilgan Zayev.
Gretsiyada Makedoniya nomli viloyat mavjudligi sababli Afina uşbu davlatning NATO hamda Yevropa Kengaşiga a'zo bölişiga taqiq qöyib kelmoqda. Mazkur masalaga yeçim topilişi 24 yildan buyon davom etib kelayotgan bahslarga nuqta qöyadi.












