Gretsiyada 2027-yil 1-yanvardan 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi taqiqlanadi. Mamlakat parlamenti bu boradagi qonun loyihasini maʼqulladi.

Loyiha davlat vaziri Akis Skersos tomonidan kiritilgan bölib, plenar yiğilişda uni deputatlarning aksariyati qöllab-quvvatladi.

Uşbu taqiq közda tutilayotgani haqida Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis aprelda maʼlum qilgandi. U buni bolalarning ruhiy salomatligi borasidagi xavotirlar bilan izohlagandi.

Avvalroq Turkiyada 1-noyabrdan boşlab 15 yoşdan kiçik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi çeklanişi xabar qilingandi.

Bunday çeklov va taqiqlar Germaniya, Daniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniyada ham joriy etilişi rejalaştirilmoqda.