Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilişiça, Xitoy Qozoğistonning asosiy iqtisodiy şerigiga aylandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Xitoy iqtisodiyotda töğridan-töğri xorijiy sarmoyalar hajmi, berilgan kreditlar va qöşma korxonalar böyiça Qozoğistonning asosiy şerigiga aylandi. Biz energetik hamkorlik masalalarini hal etdik – Qozoğistonda qazib olinuvçi neftning 25 foizi Xitoy kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilmoqda. Hozirda ular şartnomalarni uzaytiriş haqida masalani qöyişdi, biz bunga jiddiy qaraymiz, sababi ular qöşma işlar böyiça bizning yaxşi şeriklarimiz», - dedi Nazarboyev.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Ostona va Pekinda «namunali davlatlararo munosabatlar» şakllandi.