Amerikalik rejissyor Oliver Stoun Vladimir Putin haqidagi filmi orqali Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarning yomonlaşuviga yöl qöymaslikni maqsad qilgan. Bu haqda u Star Tribune naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Showtime kabel televideniyesi Stoun ikki yil davomida işlagan "Putin bilan intervyu" hujjatli filmi namoyişini boşlaydi.
"AQŞ uçun boşqa tomonning nuqtai nazarini tuşuniş juda muhimdir", - deydi rejissyor.
"Men bundan keyingi munosabatlar yomonlaşuvini oldini olişdan manfaatdorman", - qöşimça qiladi u.
Şuningdek Stoundan ötgan hafta NBC jurnalisti Megin Kellining Rossiya prezidentidan olgan intervyusiga doir fikrini söraşdi. Deyarli barça savollar Amerikadagi prezident saylovlariga göyoki "Rossiyaning aralaşuvi" haqida bölgan. Öşanda Putin yana bir bor ayblovlarni asossiz deya inkor qildi.
"Öylaşimça, u Putin bilan bahslaşa olmagan, unga munosib qarşilik ham qila olmagan, çunki u köp narsalardan bexabar", - dedi Stoun va undan farqli ölaroq, Rossiya prezidenti "gapirayotgan gapi nima haqida ekanini yaxşi bilgan".
Rejissyor jurnalist ayolning intervyu uslubini "pulemyot"ga qiyosladi, bunda köplab savollar ketma-ketligi nazarda tutilgan.
"Men jurnalist emasman. Men film suratga olaman, mening yondaşuvim boşqaça", - deya ta'kidladi rejissyor.
Ba'zi jurnalistlar Stounning hujjatli filmidan lavhalarni tomoşa qilişga ulgurib, uni tanqid ham qilişdi. Amerikaning qator ommaviy axborot vositalari muallifning Rossiya tarafdori ekani va Putinga bölgan munosabatini qoralaşdi.
Rejissyor bundan avval ham bir neça bor amerikaliklarning tanqidiga uçragan. Bunga uning Ukrainadagi ziddiyatlar haqidagi filmi, şuningdek Kuba yetakçisi Fidel Kastro va Venesuela prezidenti Ugo Çaves bilan intervyulari sabab bölgan.












