Livanning Al Mayadeen telekanali IŞID terrorçilarining Eron poytaxti Tehrondagi parlament binosiga hujumi tasvirlangan videoni e'lon qildi.

Video parlament içida örnatilgan kameralar orqali yozilgan. Unda kişilar vahimada öz örnilaridan qözğalib, çiqiş tomonga qarab yugurişlari, ulardan ba'zilarining yiqilib tuşganini köriş mumkin. Videoda tovuş yöq.

Şundan söng xonada qurollangan kişilar paydo böldi – niqobsiz uç erkak zalga birin-ketin kirib kelgan. Videoga köra, ular öt oçişgan – bir neça kişi polda harakatsiz yotganini köriş mumkin.

Çorşanba, 7 iyun kuni Tehronda birdaniga ikkita terakt yuz berdi. Tört nafar şaxs parlament binosiga hujum qilişdi. Ulardan biri özini portlatgan bölsa, uç nafari islom inqilobi qöriqçilari korpusi kuçlari tomonidan yöq qilindi.

Yarim soatdan söng imom Xomeyni maqbarasiga hujum uyuştirildi. Hujumda uç nafar terrorçi iştirok etdi – erkak maqbaraga taşrif buyurganlarga qarata öt oçib, bir neça kişini yaraladi, şundan söng maxsus xizmatlar tomonidan yöq qilindi. Keyin xudkuş ayol kişi portlovçi qurilmani harakatga keltirdi. Hujumning uçinçi iştirokçisi qölga olindi, biroq u öz joniga qasd qilgan. Hodisa joyidan portlamay qolgan qurilma topildi.

Uşbu ikki hujum vaqtida halok bölganlarning umumiy soni 16 kişini taşkil etdi. Terrorçilar hujumidan yana 43 inson jabrlandi. IŞID terrorçilik taşkiloti teraktlar uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oldi.