Eron Hörmuz böğozidan ötiş böyiça belgilangan qoidalarga rioya qilmagan kemalarga nisbatan çeklovlarni kuçaytirişini maʼlum qildi.
23-avgust kuni Eronning Fors körfazi böğozlari maʼmuriyati (PGSA) ijtimoiy tarmoqda tarqatgan bayonotida qoidabuzar kemalar keyingi safar Hörmuz böğozidan ötişda turli çeklovlarga duç kelişi mumkinligini bildirdi.
Jumladan, bunday kemalarga jarima soliş, ularni uşlab turiş va ayrim hollarda musodara qiliş çoralari qöllanişi mumkinligi aytilgan.
Eron tomoni, şuningdek, Fors körfazi akvatoriyasiga yoki undan taşqariga yuk taşiş bilan şuğullanuvçi kompaniyalarni kemani ijaraga olişdan oldin qoidabuzarlar röyxatini tekşirişga çaqirdi.
Tegişli internet sahifasida Tehron Hörmuz böğozidan ötiş talablarini buzgan deb hisoblayotgan kemalar röyxati ham eʼlon qilingan.
AQŞ maxfiy dengiz yölagini taşkil etgani aytilmoqda
Avvalroq, 19-avgust kuni Axios naşri AQŞ Qurolli kuçlari Hörmuz böğozi orqali kemalar harakatini taʼminlaş uçun maxfiy dengiz yönalişini taşkil etgani haqida xabar bergan edi.
Naşr maʼlumotlariga köra, Ummon sohillari yaqinidagi janubiy kanal orqali har keça 15–20 ta tanker harakatlanmoqda. Ular orqali jahon bozoriga kuniga qariyb 10 mln barrel neft yetkazib berilayotgani aytilgan.
Bu uruşdan oldin Hörmuz böğozi orqali taşilgan neft hajmining taxminan yarmiga teng.
Axios AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati rasmiylariga tayanib, uşbu yetkazib berişlar jahon neft bozoriga «sezilarli taʼsir» körsatayotganini yozgan.
Tramp Eron bilan savdo qiluvçi davlatlarni sanksiyalar bilan ogohlantirgan
Bundan avval AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi keng kölamli iqtisodiy bosim boşlanganini eʼlon qilgan edi.
U Tehronni qöllab-quvvatlaydigan yoki Eron bilan biznes aloqalarini davom ettiradigan har qanday davlatga nisbatan katta miqdordagi sanksiyalar joriy qilinişi mumkinligini aytgan.
Tramp, şuningdek, ayni paytda Vaşington va Tehron örtasida muzokaralar olib borilmayotganini taʼkidlagan.

















