Duşanbe hokimi Rustam Emomali voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda köngiloçar markazlar va internet-kafelarga kirişini taqiqladi. 6 iyun kuni şu mazmundagi qaror qabul qilindi. Qaror voyaga yetmaganlarning manfaatini himoya qiliş, ular tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş hamda Tojikiston prezidenti farmonlarini bajariş maqsadida imzolangan. Bu haqida hokimning matbuot xizmatida xabar berildi. 

R.Emomali poytaxtdagi barça köngiloçar markazlar va internet-kafelarga kirişda taqiqlov e'lonini osib qöyişni talab qildi. 

Ta'kidlaş joizki, endi köngiloçar maskanlar va internet-kafelarga kirişda pasport va şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjatlarni körsatiş kerak böladi.

Hokim Tojikiston IIVning Duşanbe boşqarmasiga tungi vaqtlarda köngiloçar markaz va internet-kafelarga kiradigan voyaga yetmaganlarni aniqlaş böyiça çora-tadbirlar körişni, şuningdek bolalarning ota-onalarini tegişli javobgarlikka tortiş vazifasini topşirdi. 

"Barça fuqarolardan 20 yoşga yetmagan bolalarning tungi vaqtda köngiloçar markazlarga borişini taqiqlaşni söraymiz", - deyiladi IIV saytida. Manbaga köra, taqiqlovda soat 18:00dan keyingi vaqt nazarda tutilgan.

IIV saytiga köra, ötkazilgan tekşiruvlar har kuni tunda birgina Duşanbening özida yuz nafargaça bölgan ösmirlar şunday maskanlarda bölişini körsatgan. "Ota-onaning e'tiboridan çetda qolayotgan bolalar qonunga qarşi xatti-harakatlarni amalga oşirişmoqda", - deb hisoblaşadi vazirlikda. Yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ota-ona javobgarlikka tortiladi, deya ogohlantirmoqda IIV.