Toşkentda yaşovçi 14 yoşli bola PUBĞda noma’lum odam bilan döstlaşib qolganidan keyin, uning buyruği bilan uydan çiqib ketib, Farğonaga yöl olgan. Qoçayotganida yuzini yaşiriş uçun közoynak va tibbiy niqob taqib olgan. Bola ikki kundan keyin topilganida, u katta qörquv iskanjasida edi. Voqeani Kun.uz'ga sözlab bergan ösmirning qarindoşi ota-onalarni ogohlikka çaqirdi.
Yaqinda toşkentlik bir oila noodatiy va xavotirli hodisani boşidan ötkazdi. 29 noyabr kuni 14 yoşli bola uyidan odatdagidek sport tögaragiga çiqib ketib, sirli tarzda ğoyib böladi.
Öşa kuni bolaning yöqolgani haqidagi xabarlar internetdagi köplab kanal va guruhlarda tarqalgan edi. Oradan 2 kun ötib, uning daragi Farğona viloyatidan çiqadi. Bola uyiga qaytgaç, boşidan ötkazganlarini hikoya qilib berarkan, ota-onasi va yaqinlari bundan dahşatga tuşadi.
Ma’lum bölişiça, PUBG onlayn öyiniga qiziqib qolgan ösmir öyin içidagi çat orqali noma’lum kimsalar bilan suhbatlaşa boşlaydi. Suhbatdoş unga ruhiy bosim ötkazib, öldiriş bilan tahdid qiladi.
Bolaning amakisi Kun.uz'ga hodisa tafsilotlarini aytib berişdi. Uning hikoyasi – farzand östirayotgan har bir ota-ona uçun qimmatli.
“Biz seni sputnik orqali körib turibmiz”
“Bola taekvondoga, trenirovkasiga borişi kerak bölgan. Uydan 18:30 da çiqib ketgan, heç kim payqamagan. Trenirovkadan odatda soat 22:00 da çiqadi. 22:00 da çiqqandan keyin, uzoği bir soatda uyda bölişi kerak bölgan. Soat 23:00 da oyisi treneriga telefon qilganida, treneri u bugun maşğulotga kelmaganini aytgan.
Darhol qat’iy çoralarni körişni boşladik, 102 ga telefon qildik. Xodimlar kelişdi. Kelgandan keyin uydan xat topişdi. Bola xat taşlab ketgan. U yerda qisqaça mazmuni: “Men sizlarni rozi qilolmadim, yaxşi farzand bölolmadim. Musulmon bölib qaytaman, pul topib qaytaman”, deb xat taşlab ketgan. Bizlar hatto uyga qaramagan ham edik. U narsani qidirmaganmiz. Özini qidiriş bilan ovora bölgandik.
Keyinroq boşqa şahardan topildi. Borib olib keldik. Birinçi kun indamadi, qörqdi. Keyingi kuni onasiga yiğlab aytib berdi.
Xullas, bir yarim oy oldin PUBG öyinida bitta bola bilan tanişgan. “Legend” degan profil bilan tanişgan va öşa bilan öynab kelgan. Öyinda bir-birini rivojlantirişgan, bir-biriga kiyimlar bergan, qurollar bergan. Xullas, yaqin munosabatda bölişgan. Keyin uni çaqirişgan: “Farğona şahriga kel, biznikiga mehmonga olib ketamiz” deb. Bola rozi bölmagan. Keyin uni işlaşga çaqirişgan: “Sen yaxşi öynar ekansan öyinda, sen dasturçi ekansan, kel, yaxşi pul topamiz, öyin orqali sovğalar olamiz”, deb taklif berişgan. Bola öziga töq oiladan, bu taklifni ham rad qilgan.












