2017 yilning 1 iyun kunidan 8 iyun kuniga qadar Toşkent şahar IIBB tomonidan 16ta jinoyat foş etildi. Şundan, 1ta bosqinçilik, 9ta öğirlik, 4ta firibgarlik,
1ta nomusga tegiş, 1ta boşqa turdagi jinoyatni taşkil etgan. Bu haqda Toşkent IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev ma'lum qildi.
Şuningdek, yil boşidan 1011 nafar, hafta davomida 34 nafar qidiruvda bölgan jinoyatçilar uşlangan. Bundan taşqari, yil boşidan 329 nafar şaxs bedarak yöqolgan sifatida röyxatga olingan bölib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boşidan 248 nafari, hafta davomida esa 12 nafari aniqlanib yaşaş joylariga qaytarilgan.
Şu bilan bir qatorda, 2017 yilning 5 oyi davomida barça yönalişlardagi jinoyatlar 9,29 foizga (584taga), jumladan, şaxsga qaratilgan jinoyatlar, ya'ni qasddan odam öldiriş, nomusga tegiş hamda qasddan badanga tan jarohati yetkaziş bilan boğliq jinoyatlar kamaygani bilan bir qatorda firibgarlik jinoyatlari 243 taga oşganligi kuzatildi.












