AQŞning Texas ştatida murğakkina opa-singil 19 yoşli onasi tomondan 15 soatga maşina içida qoldirib ketilgandan keyin olamdan köz yumdilar.

Politsiya biri 2 yoşda, ikkinçisi 1 yoşda bölgan qizçalarning onasiga ayblov e'lon qildi. 

"Amanda Xokins 33 daraja issiqda qizlarini maşinada qoldirib, özining 16 yoşli tanişi bilan döstlarinikiga mehmonga kirib ketgan. Ona 15 soatdan keyin avtomobil yoniga qaytganda, qizlarini huşsiz holda aniqlagan, biroq ularni darhol şifoxonaga olib bormagan. Buning örniga badbaxt ona qizlarini suvda çömiltirib, huşiga keltirmoqçi bölgan. Biroq ayblanuvi bu harakatlari befoyda ekanligini tuşungaç, şifokorlarga murojaat qilgan", deb ma'lum qilindi Kerr okrugi şerifi boşqarmasida. 

Köngilxuşlik qilişni qizlaridan ustun qöygan ona şifoxonaga kelganda, qizlari bilan kölda dam olayotganda, qizçalar qandaydir gullarni hidlab huşlarini yöqotişganini aytgan. Şifokorlar qizlarning hayotini saqlab qolişa olmagan va ayolning gaplariga işonişmagan, çunki u farzandlarini şifoxonaga öta oğir ahvolda olib kelgan. Politsiyada esa ayol barçasini tan olgan.