JÇ-2018 saralaşi doirasida Yevropada 6-tur uçraşuvlari davom ettirildi. I guruhida iştirok etayotgan Islandiya muhim uçraşuvni öz foydasiga hal etdi.
Bu turda oxirgi Yevropa çempionati qahramonlari bölmiş Islandiya Xorvatiyani qabul qilib, 1:0 hisobidagi ğalabaga erişdi.
90-daqiqada Xordur Magnusson ğalaba golini urdi. Endilikda Islandiya oçkolari sonini 13taga yetkazdi va guruhda xorvatlar bilan birinçi va ikkinçi örinlarni bölişib turibdi.
Parallel keçgan guruhning boşqa bir uçraşuvida Turkiya yirik hisobdagi ğalabaga erişdi. Albaniyaning Şkodere şahrida Kosovoga qarşi keçgan uçraşuvda turklar 4ta gol urdi. Ğoliblar safida gollarga Vulqon Şon, Jyenginz Öner , Buraq Yilmaz va Özan Töfon muallif bölgan, kosovoliklarning yagona javob goli Amir Rraxmani hisobiga yozilgan.
Bu natijadan keyin Turkiya 11 oçko bilan uçinçi örinda, Kosovo 1 oçkosi bilan oxirgi örinda.
Guruhning uçinçi uçraşuvida Finlyandiya Ukrainaga öz maydonida yutqazdi. Tampere şahrida keçgan uçraşuvdan ukrainlar 2:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytişdi.
Ukrainlar ikkinçi bölim boşida hisobda oldinga çiqişdi — 51-daqiqada Yevgeniy Konoplyanka aniq zarba berdi. Finnlar 72-daqiqada javob golini urişdi — zaxiradan öyinga qöşilgan Yoel Poxyanpalo hisobni tenglaştirdi. 3 daqiqa ötib esa Artyom Besedin jamoasiga ğalaba keltirgan golni urdi.
Bu ğalaba Andrey Şevçenko şogirdlari guruhda 11 oçko töplagan holda Turkiya bilan uçinçi va törtinçi örinlarni bölişib turibdi, Finlyandiya 1 oçkosi bilan beşinçi örinda joylaşgan.
JÇ-2018 saralaşi, Yevropa
6-tur
Islandiya – Xorvatiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Magnusson.
Islandiya – Haldersson, Sigurdsson (Ingason, 90), Magnusson, Sevarsson, Arnason, Hadlvredsson, Gunnarsson, Sigurdsson, Gudmundsson, Byarnason (Gislason, 81), Finnbogason (Sigurdarson, 77).
Xorvatiya – Kaliniç, Lovren, Pivariç, Yedvay, Vida, Modriç, Badel, Kovaçiç, Perişiç, Manjukiç (Santini, 88), Kaliniç (Brozoviç, 63).
Kosovo – Turkiya 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Şon, 1:1 – 22 Rraxmani, 1:2 – 31 Under, 1:3 – 60 Yilmaz, 1:4 – 82 Töfan.
Kosovo – Uykani (Nurkoviç, 53), Aliti, Rraxmani, Voyvoda, Pnişi, Kryuezyu, Aluşi, Berişa, Zeneli (Berişa, 53), Nuxiu, Avdiyay (Raşitsa, 74).
Turkiya – Bobojon, Gunel, Kaldirim (Keybaşi, 85), Suyunju, Topal, Inan, Töfon, Under, Şon (Mor, 80), Özyoqub (Yazidji, 74), Yilmaz.
Ogohlantirişlar: Yilmaz (42), Berişa (66), Aluşi (90).
Çetlatiş: Berişa (84).
Finlyandiya – Ukraina 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 51 Konoplyanka, 1:1 – 72 Poxyanpalo, 1:2 – 75 Besedin.
Finlyandiya – Gradetski, Lam, Moysander, Oyala, Uronen (Markkanen, 84), Xyamyalyaynen, Yagubi, Arkivuo, Lod (Yyensen, 68), Raytala, Pukki (Poxyanpalo, 68).
Ukraina – Pyatov, Ordets, Matviyenko, Butko, Rakitskiy, Malinovskiy, Stepanenko, Kovalenko (Şepelev, 76), Konoplyanka (Sobol, 87), Yarmolenko, Seleznev (Besedin, 65).
Ogohlantirişlar: Rakitskiy (39), Konoplyanka (55), Kovalenko (58), Yagubi (74), Lam (80), Şepelev (90).













