Qatarda ötayotgan jahon çempionatida 3-örin uçun bahs yakuniga yetdi.

«Xalifa» stadionida ötgan uçraşuvda Xorvatiya va Marokaş özaro töqnaş keldi. Uçraşuvning 7-daqiqasida Perişiçning uzatmasidan keyin Gvardiol boş bilan Bunu darvozasini işğol etib, hisobni oçdi – 1:0.

Oradan ikki daqiqa ötar-ötmas marokaşliklar himoyaçisi Aşraf Dari boş bilan Livakoviç darvozasini işğol etib, muvozanatni tikladi – 1:1.

Bölim oxirida yana xorvatlar hisobda oldinga çiqib olişdi – Miroslav Orşiç xorvatlarning yakunda ğalaba keltiruvçi goli muallifiga aylandi – 2:1.

Ikkinçi bölimda Marokaşning hisobni tenglaştiriş uçun barça urinişlari zoye ketdi. 

Zlatko Daliç şogirdlari mundialning bronza medaliga ega çiqişdi.

Xorvatiya uçun bu jahon çempionatlarida qatorasiga ikkinçi turnirda sovrindor bölişi. 2018 yilda Rossiya mezbonligida keçgan turnirda xorvatlar finalga çiqib, Fransiyaga 2:4 hisobida mağlub bölişgan va kumuş medallar bilan taqdirlangan. Ular 1998 yilda öz tarixidagi ilk iştirokida ham bronza medallarga sazovor bölişgandi. Bu safar ular yarimfinalda Argentinaga 0:3 hisobida mağlub bölişdi.

Marokaş mağlubiyatga uçraganiga qaramay tarixiy natijani qayd etib bölgan. Ular Afrikaning jahon çempionati yarimfinaliga qadar yetib kelgan ilk vakili bölişgandi. Ammo yarimfinalda fransuzlarga 0:2 hisobida yutqazişdi.