Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Harri Keyn (12 gol)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – 3-örin (1968, 1996)
Angliya boş murabbiyi
Garet Sautgeyt 2016 yil sentyabrida Sem Ellardays mojaroli tarzda iste'foga çiqqaç, vaqtinçalikka murabbiy etib tayinlangandi, ammo tört öyindan keyin unga tölaqonli şartnoma taklif etişadi. Uning boşqaruvida inglizlar 2018 yilgi jahon çempionatida yarimfinalga qadar yetib borişdi – jamoa 1966 yildan buyon ilk bor jahonning eng kuçli tört jamoasi qatoriga kirdi. 2019 yilgi Millatlar ligasi kubogida ham Angliya 3-örinni egalladi, Yevro-2020ga saralaş turnirida birinçi örin bilan çiqildi.
Garet Sautgeyt – qit'a çempionatida «igna ustida ötiradigan» murabbiylardan biri. Uning qöl ostida yulduzli tarkib yiğilgan. Hatto Uord-Prouz, Lingard, Meddison kabi futbolçilarga yakuniy qaydnomadan joy topilmadi. Muxlislar tarkibida Keyn, Foden, Maunt, Griliş, Sanço, Reşford kabi yulduzlarga ega jamoadan çempionlikni kutişga ham haqli. Ammo bunga murabbiyning salohiyati yetadimi?
Sautgeyt davrida Angliya öz darajasidan past jamoalarni osonlik bilan mağlub etmoqda, ammo Belgiya kabi grandlarni mağlub eta olmayapti. Murabbiy «top»lar bilan öyinlarda ehtiyotkorlik qilib, 5 himoyaçi taktikasidan foydalanmoqda va bu hozirça samarasini bergani yöq. Hozirgi Angliya uçun yarimfinal maqtanadigan daraja emas.
Asosiy yulduzlar
Angliya terma jamoasi narxi Transfermarkt baholariga köra milliard yevrodan oşadi. Barça futbolçilar —hozirgi yoki bölajak yulduzlar.
Sautgeytda asosiy tarkibni tanlaşda yaxşigina «boşoğriq» bor. Mourino qöl ostida ortga qaytib öynaşni örgangan Harri Keyin gol urişda ham, assistentlik borasida çempionatda eng yaxşi natijalarni körsatdi. U 2018 yilgi jahon çempionatida töpurar bölgandi (guruhda Panama va Tunisga urilgan gollar evaziga). Hozirda uşbu hujumçi 27 yoşda va har mavsum kamida 20tadan gol urib kelmoqda. Jamoa sardori Keyn «Tottenhem»dagi sovrinsiz yillar uçun ham milliy jamoa bilan çempionlikka harakat qiladi, lekin buning uçun pley-offda kuçli raqiblarga ham gol uriş talab etiladi.
Mavzuga oid
Keyn sardor bölsa-da, öyin quriş borasida Griliş va Maunt inglizlar uçun muhim figuralardir. Jyek «Aston Villa»dan top klubga ötişga allaqaçon tayyor bölganini isbotlaydigan vaqt keldi. Maunt Çempionlar Ligasidagi ğalabadan keyin Yevroda ham ğolib bölsa, 22 yoşidayoq orzularining katta qismiga erişgan böladi.
Yevro-96dagi Pol Gaskoynga taqlidan imijini özgartirgan Foden «Oltin töp»ning kelajakdagi egasi kimligini körsatib qöyiş bilan birga, YeÇL finalidagi mağlubiyat alamini esdan çiqarişga urinib köradi. 2-3 yildan beri «MYu»ga ötişi aytiladigan Sanço odatda katta öyinlarda va turnirlarda yöqolib qoladi. Özgaradigan vaqt keldi – sovrinlar yutiş va top-darajaga çiqiş uçun yirik turnirlarda qahramonlik qiliş talab etiladi.
Şuningdek, tarkibda ötgan mavsum alamzadalari – Reşford va Sterling, iqtidorli yoşlar – Rays, Saka va Bellingem bor. Tarkibda dahşatli raqobat yuzaga kelgan. Özini körsata olmagan yulduz «bir lahzada» zaxiraga tuşib qolişi mumkin.
Tarkib
Angliya milliy jamoasi darvoza çiziği bu safar yomon emas. Pikfordga raqobatçi sifatida «Vest Bromviç»da seyvlar qilişdan çarçamagan Jonston va «MYu»da De Xeadan asosiy tarkibdagi joyni olib qöygan Henderson bor. Ammo Sautgeyt köproq «Everton» posboniga işonsa kerak.
Trent jarohat olib, safdan çiqqaniga qaramay öng qanot himoyasida raqobat fantastik darajada. Uoker, Tripper va Jyeyms – ularning istalgani asosiyda öynaşga loyiq. Maguayr jarohat olgaç, markaziy himoya eng zaif çiziqlardan biriga aylandi. Töğri, Harri qaydnomada bor, lekin hamon maşğulotlarda qatnaşmayapti. Şu sababli asosiy tarkibda Stounz va Mingz juftligi harakat qilişi kutilmoqda. Çapda Şou va Çilluell bir-birining örnini bosa oladi.
Markaziy yarimhimoyada qoniqarsiz mavsumdan keyin, qöşimçasiga kiçik jarohat bilan Yevroga olib ketilgan Henderson va yoş bölişiga qaramay, «Vest Hem» sardoriga aylangan Rays bor. Şuningdek, «Lids»da yetakçilardan biriga aylangan Fillips va 17 yoşda ekanligiga şubha bilan qaraladigan Bellingemni ham ta'kidlaş lozim.
Hujumlar boşlaşda Griliş, Maunt, Foden taşabbuskor bölişadi. Qanotlardan Reşford, Sterling, Sanço va Saka raqib himoyaçilariga xavf solişadi. Markaziy hujumda Keyn va zaxiradan tuşib uning örniga 15-20 daqiqa öynaşi mumkin bölgan Kelvert-Lyuin bor.
Angliya: Yevro-2020 uçun prognoz
Angliya Yevroda biror marta ğolib çiqmagan, 1966 yildan buyon (Angliyada ötgan jahon çempionati ğolibligi) ğolib bölmagan. Inglizlar doimgidek turnirga favoritlar qatorida keldi. Tarkib super. Bu safar Angliya finalgaça borsa 7 öyindan 6tasini öz uyida ötkazişi mumkin. Ammo ğoliblik DNKsi yöqligi, top-murabbiyga ega emasligi va yirik turnirlarda penaltilar seriyasida omadsizlikka uçraşini inobatga olsak, jamoa bu safar ham finalga yetib bormasligi haqiqatga yaqinroq. Lekin jamoa yarimfinalgaça turnirni tark etsa, Sautgeytni muxlislar keçirmaydi.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Bruno Petkoviç (4 gol)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – 1/4 final (1996, 2008)
Xorvatiya boş murabbiyi
2017 yilda köpçilikni hayron qoldirgan holda xorvatlar jamoasi boş murabbiyligiga BAAning «Al-Ayn» klubidan Zlatko Daliç keladi. Keyingi voqealar rivojini barça biladi. Xorvatiya 2018 yil Rossiyada ötgan jahon çempionatida finalgaça yetib boradi, jamoaning asosiy yetakçisi Luka Modriç esa öşa iştirok uçun mavsum yakunida «Oltin töp»ni qölga kiritadi. Finalda mağlub bölganiga qaramay, xorvatlar çempion Fransiyadan köra muxlislar yoqimtoyiga aylangandi.
Lekin Daliç jamoasida jahon çempionatidan keyin pasayiş kuzatildi. Millatlar ligasida muvaffaqiyatsiz iştirok etildi va top darajadagi raqiblardan mağlub bölindi. Rakitiç, Manjukiç kabi yetakçilar milliy jamoada emas. Qolgan yulduzlar faoliyatining «çöqqi»sidan ötib böldi. Şunga qaramay, xorvatlar Yevro-2020 saralaşida öz guruhida ğolib böldi, Xorvatiya doim yirik musobaqalarda tomoşabop öyin körsatadi va özidan yuqori darajali raqiblarni mağlub eta oladi.
Daliç 4-3-3 taktikasidan foydalanib, hujumkor va jangovar futbol körsatadi. Yevro-2020dan söng Xorvatiyada avlodlar almaşinuvi bölişi mumkin. Zlatko tajribali futbolçilarga suyanişini inobatga olsak, «qariyalar» bilan birga u ham milliy jamoani tark etsa ajabmas. Murabbiyga avvalroq işlagan arab klublaridan takliflar bor.
Asosiy yulduzlar
Xorvatiyaning asosiy yulduzlari markaziy yarimhimoyada harakat qiladi. Şubhasiz, eng katta nom – Modriç. Luka 35 yoşida ham «Real»da eng yaxşi mavsumlaridan birini ötkazdi, ammo juda köp öynadi. Bu esa Yevroda unga jismoniy jihatdan muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Yevro-2020 Modriç uçun katta ehtimol bilan sönggi qit'a çempionatiga aylanadi.
Kovaçiç «Real»da öynaganida ham, milliy jamoada ham Modriç soyasi ostida qolardi. Yarimhimoyaçi jarohat tufayli mavsum söngida «Çelsi»ning asosiy tarkibidagi örnini yöqotib qöydi. Yevro-2020 – unga formasini tiklaş va «jangçi» Kovaçiçga qaytib olişga imkoniyat.
Xorvatiyaning öyini «Inter»ning çempionligiga katta hissa qöşgan Brozoviçga ham boğliq. Marselodan «Real»dagi Kazemiro vazifasini bajarib, maestro Modriçga erkin ijod qiliş uçun imkoniyat yaratib berişi talab etiladi.
Rossiya Premer-ligasining eng yaxşi legioneri sanalgan Nikola Vlaşiç faoliyatida buriliş yasaş va top- 5 ligaga yöl oliş uçun turnirda porlaşi kerak. 23 yoşli futbolçi Xorvatiya kelajagidir. U saralaş öyinlari va Millatlar ligasi bahslarida asosiy öyinçilardan biriga aylandi.
Şuningdek, tarkibda tajribali Lovren, sönggi yillarda borgan joyida çempion bölayotgan Perişiç, «Milan»da Zlatan yonida ösişga erişgan Rebiç, Xorvatiyaning saralaş bosqiçidagi töpurari Petkoviç, Bundesligada «Bavariya»ga het-trik qayd etişni qoyillatadigan Kramariç kabi futbolçilar bor.
Tarkib
Xorvatiya darvozasini favqulodda nimadir bölmasa, Livakoviç qöriqlaşi şubhasiz. Himoya markazidan «Marsel»da özini körsatayotgan Dujye Çaleta-Tsar hamda tajribali Vida örin oladi. Qanotlarda Vrsalko va Barişiç töp tepadi. Brozoviç-Modriç-Kovaçiç Yevrodagi eng yaxşi markaziy yarimhimoya triolaridan biridir. Qanotlardan markazga kirib kelişda Perişiç va Rebiç faollik körsatadi. Hujum ortida Vlaşiç harakat qilsa, markaziy forvard çiziğida Petkoviç va Kramariç almaşib öynaydi.
Xorvatiya: Yevro-2020 uçun prognoz
Guruh bosqiçida qolib ketiş katta muvaffaqiyatsizlik böladi. Xorvatlar guruhdan ikkinçi örinni olib bölsa ham çiqişi va pley-offga çiqişi kerak. Daliç şogirdlari, katta ehtimol bilan 1/8 finaldan ham öta olişadi, uyoğiga har nima bölişi mumkin. Xorvatiyadan 2018 yilgi jahon çempionatidagi natijani kutiş qiyin, lekin birdamlik va tajriba evaziga çorakfinalgaça borişi mumkin. Finalgaça borişga asosiy futbolçilarning yoşi kattaligi, himoyaning kuçli emasligi xalaqit qiladi. Jamoa köp gol uriş bilan birga darvozasidan ham köp gol ötkazib yuboradi. Grand jamoalar esa oçiq futbol öynaydigan Xorvatiyani keçirişmaydi.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Jon Makginn (7 gol)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – guruh bosqiçi (1992, 1996)
Şotlandiya boş murabbiyi
Şotlandiya milliy jamoasini «Çelsi» futbolçi sifatida tanilgan, APL klublarida yordamçi murabbiy bölib işlagan Stiv Klark boşqaradi. Yevro-2020 saralaşi davomida boş murabbiylikka tayinlangan Klark turnirga yöllanma oliş vazifasini uddaladi. U Qozoğistonga yutqazgan (0:3) Aleks Makliş kabi qöpol xatolarga yöl qöymadi, guruhda Rossiya va Belgiyadan keyingi uçinçi örinni olgan şotlandlar Millatlar ligasi orqali maqsadga erişdi. Jamoa iroda körsatib, pley-offda ikki öyinda ham penaltilar seriyasida ğalaba qozonib 24 yillik tanaffusdan keyin ilk bor Yevropa çempionati yöllanmasiga ega böldi.
Klark jamoasi raqibga qarab 3-5-2, 4-5-1 sxemalarida öynaydi. Şotlandiyada klassik ingliz futboli elementlari ham közga taşlanadi. Jamoa texnik va taktik jihatdan guruhdagi raqiblaridan sustroq körinsa-da, har bir bahsda jangovar harakat qiladi va yakkakuraşlarda ustunligi bor.
Asosiy yulduzlar
Şotlandiyaning asosiy yulduzlari APLning top va örtamiyona klublarida harakat qilişadi. Jamoa sardori Roberson – dunyoning eng yaxşi çap qanot himoyaçilaridan biri. Endryu nafaqat himoyada, hujumda ham faollik körsatadi. U «Liverpul»da tez-tez Saloh–Mane-Firmino triosining gollariga assistentlik qiladi.
Zamonaviy futbolda markazda kuçli futbolçiga ega böliş muhim. Şotlandiyaning bu borada omadi kelgan. Markazda sönggi 2 yilda katta ösişga erişgan Maktominey bor. «Terminator» futbolçi Premer-ligada raqiblar hujumini buziş bilan birga, qarşi hujumlarda gollar ham urib turadi. Markazda Maktomineyning yonida «Aston Villa»da ajoyib mavsum ötkazgan Makginn bor. Jon Şotlandiyaning saralaşdagi töpurari böldi.
Şotlandiyada çap qanot himoyasida Robersondan taşqari Tirni ham bor. «Arsenal» a'zosi Roberson bilan raqobatda yutib çiqişi qiyin, lekin Kiran 3-5-2 taktikasida markaziy himoyada ham öynay oladi va Klark şu yöl orqali ikki futbolçiga asosiy tarkibdan joy topib beradi.
Hujumda «Sauthempton»da Ingz bilan juftlikda harakat qiladigan Çe Adams bor. U atlet futbolçilar sirasiga kiradi va pressinglarda faol qatnaşadi. U ötgan mavsumda APLda 9ta töp kiritişga muvaffaq böldi.
Tarkib
Tarkibning katta qismini APL, Chempionship va milliy çempionatda, xususan, «Seltik»da öynaydigan futbolçilar taşkil etadi. Darvozabonlar – 38 yoşli Gordon va 36 yoşli Marşall. Himoyada Roberson va Tirnidan taşqari, «Norviç»dan Henli, «Lids» sardori Kuper, «Mozervell»dan ÖDonnell köproq asosiyda tuşadi. Yarimhimoya markazidan familiyasi «Mak» bilan boşlanuvçi yigitlar örin olgan – Maktominey, Makgregor va Makginn. Şuningdek, «Çelsi»ning yoş havbeki Gilmur va «Sauthempton» yarimhimoyaçisi Armstrong ham bor. Hujumga yaqin nuqtalarda «Bornmut» va «Nyukasl»dagi öyinlari bilan maşhur Freyzer, KPR a'zosi Dayks, «Seltik»dan Kristi harakat qilişi mumkin. Markaziy forvard esa öşa Adams.
Şotlandiya: Yevro-2020 uçun prognoz
Şotlandiya muxlislari jamoadan pley-offga çiqişni talab qilişmaydi, lekin umid qilişadi. Jamoada oldinga boşlovçi «jangçilar» va natija keltiruvçi yulduzlar bor. Klark ulardan töğri foydalansa bölgani. Şotlandlar Millatlar ligasida Çexiyani ikki bor mağlub etişgandi. 3-örin egalarida ham imkon bölişini inobatga olsak, Şotlandiyada guruhdan çiqib, tarixidagi eng yaxşi natijani qayd etiş imkoniyati bor.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Patrik Şik (4)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – 2-örin (1996), 3-örin (2004)
Çexiya boş murabbiyi
Yaroslav Şilgava murabbiylik faoliyatining asosiy qismini mahalliy klublarda ötkazgan. U 2018 yil oktyabrida milliy jamoaga boş murabbiy etib tayinlangandi. Uning boşqaruvidagi jamoaning ajralib turadigan yorqin jihatlari yöq. Jamoa saralaşda qiyin bölmagan guruhdan örin oldi – kuçli jamoalardan faqat Angliya bor edi. «Uembli»da 0:5 hisobidagi mağlubiyatdan keyin Şilgava şogirdlari uyda — 2:1 hisobida ğalaba qozonib, guruhda ikkinçi örinni egallaşgandi. E'tiborlisi, çexlar guruh bosqiçida inglizlarni mağlub etgan yagona jamoadir. Jamoalar endi final bosqiçida ham töqnaş kelişadi.
Şilgava 4-2-3-1 taktikasini ma'qul köradi. Kuçli jamoalar bilan bahsda sxema 4-5-1ga aylanadi. Jamoa jismonan kuçli va böydor futbolçilarga tayanib, hujumlar yaratişda asosan ikkinçi qavatni işga soladi.
Asosiy yulduzlar
Çexiyada 2004 yilgi Yevrodan keyin «yulduzli avlod» çiqmadi. Şunga qaramay, tarkibda ötgan mavsumda «Vest Hem» safida APLda 10ta gol urişga erişgan böydor Souçek bor. 26 yoşli yarimhimoyaçi Çexiya yetakçilaridan biridir.
Moyyes qöl ostida «Vest Hem»da tanilgan yana bir futbolçi Tsoufaldir. Öng qanotda harakat qiladigan himoyaçi yakkakuraşlarda faol. Şuningdek, hujumçilarga yuqoridan töpni yaxşi yetkazib beradi.
Har yili jamoa almaştirib, Bundesligada örnini topişga urinayotgan Şik ham jamoaning yetakçi a'zolaridandir. Hujumçi ötgan mavsumda Bundesligada 9ta gol urdi. U çexlarning saralaşdagi töpurari böldi.
Şuningdek, Çexiya safida «Sevilya»da zaxira darvozaboniga aylanib qolgan Vatslik, «Spartak»da yaxşi mavsum ötkazgan Kral, Çempionşipdan Kalas, «Herta»dan Daridani köriş mumkin.
Tarkib
Şilgava tarkibda köp özgarişlar qilavermaydi. Darvozadan Vatslik örin oladi. Jamoaning yetakçi markaziy himoyaçisi Kundela «Slaviya» safida «Reyndjers» bilan bahsda raqibiga irqçilik munosabatida bölgani uçun 10 öyinga diskvalifikatsiya qilindi va Yevro-2020 qaydnomasidan tuşib qoldi. Natijada endi himoya markazida Kalaş, Çelyustka va Brabetsdan ikkisi öynaydi. Qanotlarda almaştirib bölmas Tsoufal va Boril harakat qiladi. Yarimhimoyada Souçek va Kral markazni egallaşadi. Darida hujum ortida öynasa, Masopust va Yankto vinger vazifasini bajaradi. Hujumlarni Şik yakunlaydi.
Çexiya: Yevro-2020 uçun prognoz
Saralaş turnirida çexlar top-raqiblarga qarşi tura olişini körsatişdi, şu tufayli Xorvatiya va Angliya bilan öyinlarda oçko olişga urinib köriş mumkin. Çexiya Millatlar ligasida ikki bor Şotlandiyaga mağlub bölgandi — revanş olişning ayni vaqti. Taqvim çexlar uçun qulay: dastlabki ikki turda Şotlandiya va Xorvatiyaga qarşi öyinlar. Sönggi 3ta qit'a çempionatida guruhdan çiqa olmagan Çexiya uçun 1/8 final ham ijobiy natija sifatida qaraladi.
Yevro-2020: D guruhi taqvimi
13 iyun
18:00. Angliya – Xorvatiya (London)
14 iyun
18:00. Şotlandiya – Çexiya (Glazgo)
18 iyun
21:00. Xorvatiya – Çexiya (Glazgo)
00:00. Angliya – Şotlandiya (London)
22 iyun
00:00. Xorvatiya – Şotlandiya (Glazgo)
00:00. Çexiya – Angliya (London)