Bangladeş janubi-şarqida duşanba kuni kuçli yomğirlar kuzatildi, noqulay ob-havo sabab 35 kişi halok böldi, köplar köçki tufayli qurbon bölişgan, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hukumatga asosan.

Kuçli yomğirdan mamlakatning Rangamati va Bandarban okruglari eng köp zarar kördi. Jabr körgan tumanlarda telefon aloqasi işlamayapti, transport harakati buzilgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, Rangamati tumanida tört harbiy xizmatçi halok böldi.

Bangladeş favqulodda vaziyatlar böyiça boşqarmasi vakili Reaz Ahmedning ma'lum qilişiça, qutqaruvçilar noqulay ob-havo sabab zarar körgan, boriş qiyin bölgan tumanlarga qarab yöl olişgan.

Uşbu davlatda musson davri iyun-sentabr oylarida kuzatiladi. Şu bilan birga, kuçli yomğirlar sabab röy beruvçi köçkilar köplab insonlarning hayot bilan vidolaşişiga sabab böladi.