Juma va şanba kuni Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati asosan kunduz kunlari +25…+30 daraja, baʼzi joylarda +32 darajagaça, keçalari +13…+18 daraja böladi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan sovuq va nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğistonda 2–3-oktabr kunlari, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati şimolida 3-oktabrda baʼzi joylarda yomğir yoğadi.
4-oktabr, yakşanba kuni sovuq va nam havo massalari respublikaning barça hududlariga tarqaladi. Özbekistonning aksariyat viloyatlarida yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi. Baland toğli hududlarda yomğir qorga aylanişi mumkin. Farğona vodiysida 4-oktabrda keçga tomon yomğir yoğişi kutilmoqda, Surxondaryo viloyatida esa yomğir yoğişi ehtimoli kam.
Şimoli-ğarbiy hududlarda kunduzgi havo harorati +12…+17 darajagaça pasayadi, respublikaning qolgan hududlarida esa +20…+25 darajagaça bölişi kuzatilib, keyinçalik kunning ikkinçi yarmida harorat pasayişi boşlanadi.
3–4-oktabr kunlari respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida çang-tözonlar bilan 20–22 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida şanba va juma kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +25…+27 daraja, şanbada +29…+31 daraja böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
4-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–14 metr/soniyagaça kuçayadi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +18…+20 daraja, kunduzi +22…+24 daraja böladi, kunning ikkinçi yarmida +17…+19 darajagaça pasayadi.













