Jahon banki Afğonistonni qöllab-quvvatlaş uçun unga 500 mln dollardan köproq grant ajratilişi rejasini ma'qulladi. Bu haqda bank bayonotida aytilgan.

"Reja Afğonistonga qoçqinlar bilan boğliq vaziyatda yordam beradi, noçorlar uçun xususiy sektorning  imkoniyatlarini kengaytiradi, beşta şahar rivojlanişini tezlaştiradi, elektrlaştiriş kölamini kengaytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini yaxşilaydi va qişloq yöllari qurişda yordam beradi", deb aytilgan bayonotda. 

Ta'kidlanişiça, bu grantlarning ma'qullanişi Jahon bankining Afğoniston xalqiga jiddiy muammolarni yengişda yordam berişga sodiqligini tasdiqlaydi.