Fransiyalik uçuvçi Bruno Vetstsoli La-Manş böğozini paraplan va yengil har qanday yerda yuruvçi transport vositasi – baggi gibridiga öxşaş bölgan uçar maşinada kesib ötdi.

Reyter agentligining xabar berişiça, “Pegas” nomli qurilma Fransiyaning Kale port şahri yaqinidagi uçiş-qöniş yölagidan tezlikni olgan bölib, start nuqtasidan 59 kilometr masofada, Britaniyaning Duvri yaqinida suvga qöngan.

“Pegas”ni işbilarmon Jyerov Dofi yaratgan. U aviatsiya sohasidagi kaşfiyotçilar – braziliyalik Alberto Santos-Dyumon va fransuz Lui Blerioning işlaridan ilhomlangan. 1909 yilda Blerio La-Manşni kesib ötgan ilk uçuvçiga aylangandi.

Dofi dunyo atrofini 80 kun mobaynida aylanib çiqişi mumkin bölgan uçar maşinani loyihalaştirişni rejalaştirgan.