Amerikalik Tesla kompaniyasi töqqiz yilga yaqin keçikişdan söng ikkinçi avlod Roadster elektr sport avtomobilini rasman namoyiş etdi. Tadbir 15-oktabr kuni Texas ştatidagi SpaceX raketa sinov maydonida bölib ötdi.
Taqdimot odatiy avtomobil namoyişidan köra köproq kaskadyorlik şousini eslatdi. Oq rangli ikki örinli avtomobil katta egri rampaga kötarildi.
Kuzov ostidagi söruvçi ventilyatorlar yordamida u rampaga yopişgança butunlay teskari holatga keldi. Söng örnatilgan sovuq gazli trasterlar yordamida rampadan uzilib, havoda aylandi va yerga qöndi.
Keyingi namoyişda u bir qator Tesla avtomobillari va Semi yuk maşinasi ustidan sakrab ötdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan namoyişlarda maşina haydovçisiz, avtonom rejimda harakatlangan.

«Maʼlum bölişiça, kelajakda uçar maşinalar ham bor ekan», dedi Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask.
Maşina qanday qilib uçadi?
Kompaniya maʼlumotiga köra, Roadster uç xil körinişda çiqariladi. Ikki örinli asosiy Performance versiyasi faol aerodinamika va söruvçi tizimga ega. U soatiga 97 kilometr (60 milya) tezlikka 1,6 soniyadan kam vaqtda çiqadi. Orqa trasterlar qöşilgan Thrust versiyasida bu körsatkiç 0,9 soniyagaça qisqaradi.

Bir örinli Rocket esa qöşimça trasterlar yordamida yerdan kötarila oladi. Tesla uning tezlanişini 0,59 soniyadan kam deb körsatgan. Barça versiyalar uçun 480 kilometrdan ortiq yuriş masofasi va soatiga 370 kilometrdan yuqori tezlik vaʼda qilinmoqda. Tadbirda esa avtomobil 0,81 soniyada soatiga 97 kilometrga çiqqani namoyiş etildi.


















