Şimoliy Atlantika suvlari haroratining sezilarli darajada kötarilişi La-Manş böğoziga sakkizoyoqlar yopirilişiga olib keldi. Mahalliy baliqçilik kompaniyalari sakkizoyoq ovi ötgan yil bilan taqqoslaganda 200 foizdan ziyodga oşganini ma’lum qilmoqda.

Bloomberğning yozişiça, uşbu özgarişlar ekolog va biologlar orasida xavotir uyğotmoqda. May oyida Irlandiya qirğoqlarining ğarbiy qismidagi suv harorati me’yordan 4 darajaga oşgan, Buyuk Britaniya qirğoqlarida esa — 2,5 darajaga kötarilgan. Bu butun tadqiqot davomidagi rekord körsatkiç hisoblanadi. Ekspertlar avgustga borib suvning isişi yangi rekord darajaga çiqişidan ogohlantirmoqda.

Olimlarning ma’lum qilişiça, La-Manşda sakkizoyoqlar sonining köpayişi mayda mollyuskalar populyatsiyasi kamayişiga ta’sir qilişi mumkin. Bundan taşqari, böğozda suvning isişi meduza va dengiz olabuğalari köpayişiga olib keladi.

Britaniya Ekologiya, baliqçilik va akvamadaniyat ilmiy markazi biologlarining ma’lumotlariga köra, La-Manşda dengizdagi oziq-ovqat zanjirining asosi hisoblangan planktonlar soni kamaymoqda.