Pekin xalqaro aeroportidan parvozga şaylangan Xiamen Air aviakompaniyasi samolyoti yölovçisi qiziquvçanlik sabab favqulodda çiqiş eşigini oçib kördi. Bu esa reysning bekor qilinişiga olib keldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Xiamen Air aviakompaniyasi vakilining aytişiça, yölovçilar öz joylarini egallaşgaç, bortkuzatuvçi favqulodda çiqiş joyiga yaqin yerda ötirgan yölovçilarga kerakli yöriqnoma bergan. U “odatiy vaziyatda aviariyaviy çiqiş tutqiçini uşlaş kerak emas” deb tuşuntirgan.

Şu payt 49-qatorda, derazaning yonida ötirgan yölovçi aviariyaviy çiqiş joyi tutqiçini tortgan. Politsiya ayolni 12 kunga qölga oldi, reys esa bekor qilindi.

Ma'lum bölişiça, aviariyaviy çiqiş eşigi tutqiçini faqatgina favqulodda holatlarda uşlaş mumkin ekanini eşitgan ayol yölovçi, buni “oddiy vaziyatda” qilib körişga qaror qilgan. 

Voqea röy bergan payt bortda 113 yölovçi bölgan, ularni boşqa reyslarga ötkaziş talab etildi. Trap heç qanday zarar körmagan bölsa ham, ta'mirlaşning minimal qiymati taxminan 14,7 ming dollarni taşkil qiladi. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, yölovçi yetkazilgan moddiy zararni ham qoplab berişi kerak.