Farğona neftni qayta işlaş zavodi (NQIZ) tubdan modernizatsiya qilinişi kutilmoqda. "Özbekneftgaz" boşqaruv raisi Alişer Sultonov Xalqaro Press-klubda bölgan uçraşuvda şunday ma'lumot bilan bölişdi. 

Tadbirda qatnaşgan "Kun.uz" muxbiriga köra, Sultonov bugungi kunda Farğona neftni qayta işlaş zavodi taqdiri ustida boş qotirilayotgani, uning faoliyatiga çek qöyilmasligi, şunçaki qayta taşkil etilişini ma'lum qildi. 

"Özbekneftgaz" rahbarining sözlariga köra, Farğona neftni qayta işlaş zavodi Markaziy Osiyodagi yagona şunday obekt hisoblanib, katta salohiyatga egadir.

"Aslida zavod sovet davrida qurilgan. Hozir neft-kimyo, maişiy kimyo, zamonaviy moylarni oladigan bölsak, bu zavodning salohiyati juda katta. Mutaxassislarning salohiyati ham yuqori. Öylaşimça, uning kelajagi bor va biz bundan keyin uning faoliyatini tiklaymiz", - dedi Alişer Sultonov.

Farğona NQIZ yonilği-moy materiallarini işlab çiqariş böyiça mintaqadagi yetakçi korxonalardan biri hisoblanadi. U öz faoliyati davomida 60 turdan ortiq neft mahsulotlarini işlab çiqargan. Bugungi kunga kelib korxona modernizatsiyaga muhtoj. "Özbekneftgaz" bu borada yetakçi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik variantlarini körib çiqmoqda.