«Özbekneftgaz» öz uluşi mavjud bölgan qöşma korxonalarda taʼsisçi sifatidagi huquq va manfaatlarini töliq taʼminlaş, şuningdek, işlab çiqariş hamda moliyaviy samaradorlikni oşirişga qaratilgan tizimli işlarni boşladi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, 21-avgust kuni «Özbekneftgaz» boşqaruv raisi iştirokidagi yiğilişda «Natural Gas-Stream», «New Silk Road Oil and Gas» va «ANDIJANPETRO» qöşma korxonalari faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Dastlabki tahlillar qöşma korxonalar faoliyatida boşqaruv, hisobdorlik va moliyaviy intizom bilan boğliq qator tizimli muammolar mavjudligini körsatgan. Xususan, ayrim korxonalarda iş jarayonlari yetarli darajada tartibga solinmagani, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar böyiça şaffoflik taʼminlanmagani, «Özbekneftgaz» oldidagi hisobdorlik mexanizmlari töliq yölga qöyilmagani qayd etildi.

Natijada qazib çiqariş hajmlarining yildan-yilga pasayişi, investitsiya mablağlaridan samarali foydalaniş bilan boğliq savollar, moliyaviy barqarorlikning taʼminlanmagani va dividend tölovlari böyiça majburiyatlarning töliq bajarilmagani kabi masalalar yuzaga kelgan. Şu paytga qadar korxonalar faoliyati ustidan taʼsisçi tomonidan zarur darajada nazorat örnatilmagani mavjud muammolarning avj olişiga sabab bölgani taʼkidlandi. 

«Endilikda jamiyat uluşi mavjud bölgan har bir qöşma korxona faoliyatida korporativ boşqaruv tamoyillariga qatʼiy rioya etilişi, taʼsisçining huquq va manfaatlari töliq taʼminlanişi, moliyaviy va işlab çiqariş körsatkiçlari şaffof nazorat qilinişi talab etiladi. Xususan, korxonalarning qazib çiqariş quvvatlari, geologiya-qidiruv işlari va geologik-texnik tadbirlar samaradorligi qayta tahlil qilinadi. Şuningdek, «Özbekneftgaz» AJdan mavjud qarzdorliklarni xatlovdan ötkaziş, moliyaviy oqimlar va xaridlarni nazorat qiliş tizimini raqamlaştiriş böyiça çoralar belgilandi», deyiladi kompaniya xabarida. 

Qöşma korxonalarda rejalaştirilayotgan har bir tadbir, investitsion loyiha va iş jarayoni «Özbekneftgaz» bilan kelişiladi. Bunda har bir tadbirning zaruriyati, iqtisodiy samaradorligi va qiymati çuqur tahlil qilinib, jamiyatning roziligi olinganidan söng amalga oşirilişi belgilandi.